UZCARD kartalari yoʻl haqini tejashga yordam beradi

Hurmatli foydalanuvchilar! UZCARD tomonidan yangi «Manzillar yaqinroq» aksiyasi ishga tushirilgani haqida xabar berishdan mamnunmiz.

Aksiya 2023 yil 1 oktyabrdan e’tiboran mamlakatning beshta shahri – Samarqand, Andijon, Qarshi, Urganch va Xiva aholisi uchun boshlanadi va ushbu shaharlarning barcha jamoat transportidagi safarlar uchun amal qiladi.

Endi yoʻl haqini toʻlashda tejash oson, agar siz istalgan bank tomonidan chiqarilgan 5614***, 6262***, 5440*** va 8600*** indeksli UZCARD bank kartalari bilan toʻlasangiz. Bunda, chegirma bir safar uchun 500 soʻmni tashkil qiladi. Yoʻl haqi chegirmani hisobga olgan holda hisobdan yechiladi. Toʻlov jarayonining oʻzi esa maxsus transport kartasi kabi oddiy: smartfonni qurilmaga qoʻysangiz boʻlgani!

NFClik yangi namunadagi UZCARD kartasini quyidagi banklarning istalgan mintaqaviy boʻlinmalarida ochishingiz mumkin: «Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ, «Agrobank» ATB, «Garant bank» AJ, «Hamkorbank» ATB, Ziraat Bank Uzbekistan, «Kapitalbank» ATB, AT «Xalq banki», «UNIVERSAL BANK» ATB, «Mikrokreditbank» ATB, «Oʻzsanoatqurilishbank» ATB, «Ipoteka-bank» ATIB, «Qishloq qurilish bank» ATB, «Ipak Yo’li» AITB, «Trastbank» XAB, «Asia Alliance Bank» АТB, «Aloqabank» AТ, «Asakabank» AJ, «DAVR BANK» XATB.

Agar siz hali ham NFClik yangi namunadagi UZCARD kartasi egasiga aylanmagan boʻlsangiz, siz Uzcard Pay mobil toʻlov ilovasiga 8600**** kartangizni yuklab, Android smartfoningiz bilan toʻlovni osongina amalga oshirishingiz mumkin. Shunchaki ilovani oʻrnating va uning barcha afzalliklaridan foydalanishni boshlang! Bunda, smartfonda NFC-funksiyasi bo’lishi kerak. Oʻz smartfoningizni transpotdagi validatorga qoʻysangiz kifoya va chegirma avtomatik ravishda amalga kiradi. Agar bunday ilova yoʻlovchida oʻrnatib qoʻyilgan boʻlsa, unda qoʻshimcha hech narsa qilish kerak emas.

Bundan tashqari, Uzcard Pay ilovasida UZCARD virtual kartasini qoʻshish va u bilan gajetni validatorga qoʻyib toʻlovlarni amalga oshirish mumkin. Bugun UZCARD virtual kartasini «Mikrokreditbank» ATBning Mavrid ilovasida, «Qishloq qurilish bank» ATBning Quant mobil ilovasida va Plum toʻlov ilovasida «Universal bank» ATB kartasini ochish mumkin. Bor yog’i ikki daqiqada yangi karta yaratib undan foydalanishni boshlang.

Aksiya 2023 yil 01 oktyabrdan 31 dekabrgacha amal qiladi.

UZCARD bilan har safarda tejash imkoniyatini boy bermang!