UZCARD 22-fevralda boshlangan “Paysend ilovasi orqali O‘zbekistondan UZCARD kartalaridan xalqaro pul o‘tkazmalari” aktsiyasi doirasida uchinchi bosqich yakunlarini sarhisob qildi. Havola orqali siz aktsiyaning ushbu bosqichi davomida 22 martgacha zarur shartlarni bajargan ishtirokchilarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Qimmatbaho sovg‘alar o‘yini 25 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, aktsiyada 2022 yil 22 martgacha Paysend ilovasi orqali UZCARD kartasidan kamida 100 000 so‘m xorijga jo‘natgan barcha UZCARD karta egalari ishtirok etishadi. Qimmatbaho sovg‘alar qatorida – iPhone 13.