UZCARD “Paysend orqali UZCARDdan xalqaro pul o‘tkazmalarni amalga oshir” yirik loyiha doirasida o‘tkazilgan aktsiyaning birinchi bosqich yakunlarini sarhisob qildi.
O‘yin jonli efirda, kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bo‘lib o‘tdi. 23 nafar ishtirokchi qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ldi.
Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz! UZCARD xodimlari g‘oliblar bilan bog‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, qimmatbaho sovg‘alarni, jumladan iPhone 13 yutib olishni xoxlovchi har bir kishi, 2022-yil 22-fevralgacha davom etadigan keyingi bosqich ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Buning uchun Paysend ilovasi orqali UZCARD kartangizdan xorijga kamida 100 000 so‘m o‘tkazish kifoya.