16 avgust kuni «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida UZCARD «ONIXni ovlang» mega aksiyasi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Taqdirlash marosimi doirasida qimmatbaho sovrinlar topshirildi, 18 ta «Samsung Galaxy» flagman smartfoni va uchta «Chevrolet Onix» rusumli avtomobil oʻzlarining baxtli egalarini topdi. Gʻoliblarni oʻylagan holda, UZCARD jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash boʻyicha barcha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oldi.
Tadbirda kompaniyaning hamkor banklari, toʻlov tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Ular aksiya natijalari bilan tanishtirildi va kompaniyaning barcha soʻnggi yangiliklari yoritildi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu aksiya UZCARD kartalaridan onlayn toʻlovlarni ragʻbatlantirish, onlayn toʻlovlar sonini koʻpaytirish, foydalanuvchilarning banklar va toʻlov ilovalariga, UZCARD toʻlov tizimiga sodiqligini oshirish, shuningdek onlayn toʻlovlar foydasiga odamlarning odatlarini oʻzgartirish maqsadida 2023 yilning 1 mayidan 31 iyuligacha boʻlib oʻtdi.
Aksiya doirasida qimmatbaho sovrinlar oʻynalishining jami uch bosqichi oʻtkazildi. Oʻyin oʻtkazilishining shaffofligi uchun kuzatuv komissiyasi tarkibiga mustaqil ekspertlar – tadbir mehmonlari ham taklif qilindi. Oʻyinning har bir bosqichi Instagram ijtimoiy tarmogʻida, shuningdek kompaniyaning veb-saytida jonli efirda namoyish etildi.
«ONIXni ovlang» aksiyasining amal qilish muddati davomida unda 24 milliondan ortiq imkoniyat ishtirok etdi.
UZCARD gʻoliblarni tabriklaydi, barcha ishtirokchilar va karta egalariga ishonch, sadoqat va koʻp yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi! Biz bilan qoling va yangi aksiyalarimizda ishtirok eting.