«Trastbank» XAB yangi namunadagi UZCARD bir zumda kartalarini chiqarish xizmatini ishga tushirdi

Bugungi kunda xizmat «Trastbank» XABning butun Oʻzbekiston boʻylab 14 ta boʻlimida mavjud. Bu NFC qoʻllab-quvvatlaydigan yangi namunadagi UZCARD embosslangan bank kartalaridir.

Bir zumda chiqariladigan debet kartani atigi 10 daqiqada ochish mumkin. Kartani rasmiylashtirish uchun faqat pasport kerak boʻladi. Shunchaki buyurtma bering va karta Sizning huzuringizda murojaat qilingan kuni tayyorlab beriladi. Bundan tashqari, buyurtmani «Trastbank» XAB saytida onlayn toʻldirish mumkin. Bank xodimlari kartani Siz uchun qulay vaqtda yetkazib beradilar. Ushbu xizmat mijoz uchun kartani olish jarayonini yanada soddalashtirishga imkon beradi, chunki endi navbatda turish, bank boʻlimiga koʻp marta borish yoki juda ko’p qogʻoz soʻrovnomalarni toʻldirish uchun vaqt sarflash kerak emas.

Yangi namunadagi UZCARD kartalari – bu NFC qoʻllab-quvvatlaydigan embosslangan kartalar boʻlib, ular yordamida ham aloqali, ham aloqasiz usulda toʻlovlarni amalga oshirish, bankomat xizmatlaridan foydalanish, shuningdek jamoat transportida bir tegish orqali toʻlash mumkin.

Texnologiya ma’lumotlarning maxfiyligini kafolatlashga ham yordam beradi. Bundan tashqari, kartalarni relef belgilari bilan markalash tashqi koʻrinishi va mavqeilik bilan ajralib turadi.

Ushbu kartalarda bir qator boshqa afzalliklar ham bor:

Embosslangan kartalar vaqt oʻtishi bilan oʻchib ketmaydi, bosilgan ma’lumotlar oʻqiladigan boʻlib qolaveradi.

Oldindagidek, embosslangan kartalar – bu premium namunadir va u mavqeilikka ega boʻlgan oltin va platina toʻlov kartalari uchun moʻljallangan. Bugungi kunda bunday plastik banklarning tashrif kartasiga aylanmoqda.

Kartadan ma’lumotlarni barmoqlar yordamida oʻqish imkoniyati ham muhimdir. Bank kartalari egalariga imkoniyatlari cheklangan shaxslar ham aylanmoqda – bu koʻrish qobiliyati sust boʻlgan mijozlar uchun qoʻshimcha imkoniyat va ularga gʻamxoʻrlik qilishdir.

Xizmatga Oʻzbekiston Milliy banki, «Agrobank» ATB, «Garant bank» AJ, «Hamkorbank» ATB, Ziraat Bank Uzbekistan, «Kapitalbank» ATB, AT «Xalq banki», «Poytaxt Bank» AJ, «UNIVERSAL BANK» ATB, «Mikrokreditbank» ATB, «Oʻzsanoatqurilishbank» ATB, «Ipoteka-bank» ATIB, «Qishloq qurilish bank» ATB, «Ipak Yoʻli» AITB, «Tenge Bank» ATB, «Trastbank» XAB, «KDB Bank Uzbekistan» AJ qoʻshilib boʻldilar.

2023 yil oxirigacha UZCARD mamlakatning istalgan nuqtasida UZCARD embosslangan kartalarining mavjudligi va olish qulayligini ta’minlagan holda, Oʻzbekistonning barcha bank boʻlinmalarini xizmatga ulashni rejalashtirmoqda.