Foydalanuvchilar diqqatiga!

Hozirgi vaqtda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda “Yunistrim” orqali UZCARD kartalariga pul oʻtkazmalarini oʻtkazish imkoniyati haqida xabarlar mavjud.

“Yagona umumrespublika protsessing markazi” MChJ “Yunistrim” kompaniyasi bilan UZCARD kartalariga pul oʻtkazmalarini oʻtkazishni amalga oshirish boʻyicha shartnomaviy munosabatlari yoʻqligini ma’lum qiladi.

“UZCARD” kartalariga pul oʻtkazmalarini amalga oshirish boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan servislar bevosita banklar va/yoki toʻlov tashkilotlari tomonidan ularning “Yunistrim” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaviy munosabatlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.