23 iyun kuni UZCARD da kompaniya Bosh direktori Olimjon Zokirovning tanlovli saralashdan oʻtib, kompaniyada stajirovkaga qabul qilinishni istagan oliy oʻquv yurtlari talabalari va bitiruvchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Bunday uchrashuvlarni tashkil eish, UZCARD rahbariyatining iqtidorli talabalar bilan muloqot qilishi yaxshi an’anaga aylanib ulgurdi. Norasmiy yoqimli muhitda yigit-qizlar kompaniya va kelajakdagi majburiyatlar haqida koʻproq bilib oladilar, ushbu yoʻnalish ularga qiziq yoki qiziq emasligini tushunish imkoniyatiga ega boʻladilar. Eng yaxshilar, oxir-oqibat, stajirovkadan oʻtish va muvaffaqiyatli jamoaning bir qismiga aylanish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Bugungi kunda UZCARD doimiy ravishda yosh iste’dodlarni izlamoqda. Kompaniyada yoshlar uchun stajirovkalar dasturi muvaffaqiyatli ishlab turibdi. Kompaniya uchun nomzodlarda biron-bir professional tajriba mavjudligi muhim emas, testlar orqali ularning analitik fikrlash, hissiy va ijtimoiy intellekti aniqlanadi. Shuningdek, kompaniya yangi gʻoyalarni yaratish qobiliyati va yakuniy natijaga intilish kabi fazilatlarni muhim deb biladi. Ishtirokchilar moliya texnologiyalari sohasida faol oʻrganadilar va rivojlanadilar. Stajirovkalar nomzodlarni haqiqiy faoliyat sharoitida koʻrish, ularning salohiyatini baholash imkoniyatini beradi.
Yosh nomzodlar uchun bu birinchi navbatda nazariyani amaliyot bilan birlashtirish va dolzarb kompetensiyalarga ega boʻlish imkoniyatidir. Treninglar va vorkshoplar koʻrinishidagi nazariy bilimlar bilan bir qatorda, nomzodlarga UZCARD jamoasi har kuni duch keladigan haqiqiy ish holatlari bilan shugʻullanish va hal qilish imkoniyatini beriladi. Stajyorni jamoaga kiritib, unga hamma narsada yordam beradigan murabbiy tayinlanadi. Bundan tashqari, talabalar oliy oʻquv yurtini bitirgunga qadar professional yoʻnalish toʻgʻri tanlanganligi toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Eng muvaffaqiyatli nomzodlar kompaniyada qolish va oʻz martabalarini qurish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Qanday qilib stajyor boʻlish mukinligi haqida bosqichma-bosqich yoʻriqnomani kompaniyaning veb-saytida quyidagi havola boʻyicha oʻqing: uzcard.uz