UZCARD “YAUPM” MChJda IT-infratuzilma va aloqador jarayonlar auditi (axborot-kommunikasiya infratuzilmasi va u bilan aloqador jarayonlar tashxislanishini o’tkazish) xizmatlari ta’minotchisi tanlovi bo’yicha Tenderda ishtirok qilish uchun arizalar qabul qilinishini e’lon qiladi.
Tenderda ishtirok qilish uchun majburiy shartlar:
– NDA (Maxfiy axborotni oshkor qilmaslik to’g’risida shartnoma)ni imzolash;
Kompaniyaning NDA namunasini olish uchun havola tugmachasini bosing.
– Tenderda ishtirok qilish uchun arizani quyida qayd etilgan muddatda yuborish.
Imzolangan NDA bilan Tenderda ishtirok qilish uchun ariza (erkin shaklda) 2023 yil 27 iyun kuni soat 15:00 gacha elektron shaklda quyidagi pochtaga qabul qilinadi: o.safaev@uzcard.uz.
Texnik vazifa NDA imzolanganidan va Tenderda ishtirok qilish uchun arizani qabul qilish yakunlanganidan so’ng taqdim qilinadi.
Mas’ul xodim:
Safayev Otabek — Xarid Direksiyasi
E-mail: o.safaev@uzcard.uz
Mobil tel.: +998 97 782 05 55
Siz uchun qiziqarli ma’lumotlar