Hurmatli mijozlar, foydalanuvchilar va hamkorlar!

UZCARD siz uchun oʻz xizmatlari va mahsulotlarini rivojlantirishni davom etmoqda. 2022 yildan beri biz barcha foydalanuvchilarimizga 5614** indeksli kontaktsiz kartalar texnologiyasini taklif qildik. Ushbu kartalar mijozlarimiz oʻrganib qolgan klassik 8600** kartalarining barcha funksionalligi va xavfsizligiga ega, ammo qoʻshimcha ravishda zamonaviy dunyo trendlariga muvofiq NFC texnologiyalari asosida kontaktsiz operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Bunday kartalar orqali yoʻl haqini toʻlashda, supermarketlar va fastfud korxonalaridagi kassalarda bir tegish bilan xavfsiz toʻlovni amalga oshirish oson. NFC texnologiyasi savdo korxonalari uchun, birinchi navbatda, odamlar oqimi koʻp boʻlgan sohalarda qulay va talabgirdir, chunki kartadan toʻlov bir zumda amalga oshiriladi.

Bunda, biz va sizga 10 yildan ortiq vaqt davomida ishonchli xizmat qilgan 8600** kartalarini oldindagidek afzal koʻrgan foydalanuvchilarimizning an’anaviyroq qismining manfaatlarini ham hisobga olgan holda, biz ularning toʻliq amal qilishini va Oʻzbekiston Respublikasining butun infratuzilmasida barqaror ishlashini qoʻllab-quvvatlashni davom ettirmoqdamiz.

Ushbu sa’y-harakatlar doirasida biz, afsuski, soʻnggi paytlarda 8600** kartalarini chiqarish imkoniyatiga vaqtincha ta’sir koʻrsatgan muhim texnik ishlarni amalga oshirdik. Hozirgi paytgacha bu ishlar yakuniy bosqichda va umid qilamizki, Siz 2023 yil 31 maygacha ushbu turdagi kartalarga buyurtma berishingiz va olishingiz mumkin boʻladi.

Shu bilan birga, vaqt oʻtishi bilan Siz kontaktsiz toʻlov qobiliyatiga ega yangi namunadagi kartalarning afzalliklari va qulayligini baholaysiz deb umid qilamiz. Ushbu kartalarni bugungi kundayoq aksariyat banklarning boʻlinmlarida buyurtma qilish mumkin, bunda olish jarayoni boʻlinmaga qayta tashrif buyurmasdan 15 daqiqadan koʻp vaqtni olmaydi.

Bugungi kunda UZCARD kartalarining bir zumda chiqarilishi aksariyat banklarda mavjud:

1. “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ

2. “Agrobank” ATB

3. “Asakabank” AJ

4. “ASIA ALLIANCE BANK” ATB

5. “Garant bank” AJ

6. “DAVR BANK»” XATB

7. “Hamkorbank” ATB

8. “Poytaxt bank” AJ

9. “Ziraat Bank Uzbekistan” AJ

10. “UNIVERSAL BANK” ATB

11. “Mikrokreditbank” ATB

12. “Ipoteka-bank” ATIB

13. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB

14. “KDB Bank Oʻzbekiston” AJ

15. “Xalq banki” ATB

16. “Ipak Yoʻli bank” AITB.