2023 yil 1 maydan boshlab UZCARDning barcha karta egalari uchun «ONIXni ovlang» maxsus aksiyasi start oladi. UZCARD 8600**** toʻlov kartalari, NFC-lik 5614**** yangi namunadagi kartalar, shuningdek kobeyj kartalari egalari oʻz omadlarini sinab koʻrishlari va qimmatbaho sovrinlarning baxtli egalariga aylanish uchun noyob imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.
Oʻyinda UZCARD kartalari boʻyicha onlayn toʻlovlar, jumladan tovarlar va xizmatlar (kommunal toʻlovlar, mobil aloqa, internet-provayder xizmatlari, chiptalarni sotib olish va boshqalar) uchun toʻlovlar ishtirok etadi. Bunda kamida 50 000 soʻmlik barcha bir martalik toʻlovlar 2023 yil 1 maydan 31 iyulgacha MyUzcard, Payme, Uzum Pay, Oson, Click, Paynet va boshqa mobil toʻlov tizimlari va banklarning toʻlov ilovalari orqali amalga oshirilishi kerak.
UZCARD plastik kartalari – qulay va foydali! Karta egasi shunchaki onlayn toʻlovni amalga oshiradi, kompaniya esa qimmatbaho sovrinlarni yutib olish uchun ajoyib imkoniyatini tuhfa qiladi. Hammasi boʻlib uchta Chevrolet Onix avtomobili va 18 ta Samsung Galaxy smartfonlari oʻynaladi. Har bir tranzaksiyaga noyob 12-xonali raqam beriladi, uni ishtirokchilar @CARDXABARBOT Telegram-bot orqali va tranzaksiya chekini yuklab olib bilib olishlari mumkin. ID raqami RRN satrida koʻrsatilgan.
Aksiya doirasida sovrinlar oʻynalishi uch bosqichda oʻtkaziladi, ularning har birida har oyda maxsus komissiya ishtirokida gʻoliblar– bitta Chevrolet ONIX avtomobil egasi va 6 ta Samsung smartfonlari egalari aniqlanadi. Har bir bosqichda 2023 yil 1 maydan 2023 yil 31 maygacha, 2023 yil 1 iyundan 2023 yil 30 iyungacha va 2023 yil 1 iyuldan 2023 yil 31 iyulgacha amalga oshirilgan tranzaksiyalar muvofiq ravishda ishtirok etadi. Har bir 50 000 soʻmlik bir martalik toʻlov oʻyinda ishtirok etuvchiga 1 ta imkoniyat beradi. Toʻlovlar qancha koʻp boʻlsa, qimmatbaho sovrin – smartfon yoki aksiyaning super sovrini — CHEVROLET ONIX avtomobilini yutib olish imkoniyati shunchalik yuqori boʻladi! Sovrinlarni topshirishda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi UZCARD kompaniyasi tomonidan toʻlanadi.
UZCARD Sizga omad tilaydi!
UZCARDningpromo.uzcard.uz saytida yoki havolaga bosib aksiya qoidalarini yuklab olib yoki +998 71 200 28 28 telefon raqami orqali barcha qoʻshimcha ma’lumotlarni olishingiz, shuningdek aksiya qoidalari bilan tanishishingiz mumkin.
Kompaniyaning yuridik manzili: 100011, Oʻzbekiston, Toshkent sh., Shayxantohur t-ni, Abdulla Qodiriy koʻch., 78. E-mail: help@uzcard.uz