Texnologiyalar rivojlanayotkan davrda vaqt – gʻoyat qimmatli manbadir. UZCARD NFC texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydigan kartalarini chiqarish boʻyicha hamkorlar roʻyxatini kengaytirishda davom etmoqda.
UZCARD kartalarini bir zumda chiqarish xizmati endilikda «Mikrokreditbank» ATBning 60 ta filialida mavjud. Filiallar butun Respublika boʻyicha joylashgan boʻlib, Oʻzbekistonning barcha yirik shaharlarini qamrab oladi. «Mikrokreditbank» ATB filiallar soni boʻyicha mamlakatdagi uchinchi bank hisoblanadi. Bank 60 ta filial va 98 ta bank xizmatlarini koʻrsatish markazlarida yuridik va jismoniy shaxslarga yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etadi. Shuningdek, bank UZCARD kartalariga xizmat koʻrsatuvchi bankomatlarning yirik tarmogʻiga ega va tadbirkorlarga UZCARD kartalariga xizmat koʻrsatish terminallarini berish boʻyicha ajoyib shartlarni taklif etadi.
An’anaviy 8600 kartalariga nisbatan, yangi namunadagi kartalar bir qator afzalliklarga ega:
- Bir zumdagi emissiya – taxminan 5 daqiqa vaqt oladi;
- NFC – kontaktsiz toʻlov texnologiyasini qoʻllab-quvvatlash
- Embossirlangan kartalar vaqt oʻtishi bilan eskirmaydi, bosilgan ma’lumotlar oʻqiladigan boʻlib qolaveradi;
- Kartadan ma’lumotlarni barmoqlar yordamida oʻqish imkoniyati. Bu ko’rish qobiliyati pas fuqarolar uchun qulaydir.
Shuningdek, 5614 kartalari foydalanuvchilari UZCARD kartalariga xizmat koʻrsatuvchi terminallarda tovarlar va xizmatlar uchun haqni hech qanday cheklovlarsiz toʻlashlari, uyali aloqa operatorlari, internet-provayderlar xizmatlarini toʻlash, kommunal toʻlovlarni amalga oshirish uchun ommabop toʻlov ilovalaridan va koʻplab boshqa imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin.
Embossirlangan kartalarni MKBANK filiallarida ochish mumkin va buning uchun faqat pasport kerak boʻladi.
Bir zumda kartalarini chiqarish xizmati quyidagi banklarda mavjud: «Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ, «Agrobank» ATB, «ASIA ALLIANCE BANK» ATB, «Asakabank» AJ, «DAVR BANK» XATB, «Garant bank» AJ, «Hamkorbank» ATB, «Ziraat Bank Uzbekistan» AJ, AT «Xalq banki», «Poytaxt Bank» AJ, «Oʻzsanoatqurilishbank» ATB, «Universal bank» ATB, «Mikrokreditbank» ATB. UZCARDning bir zumda kartalarini chiqaruvchi hamkorlari roʻyxati doimiy ravishda toʻldirilmoqda. Yangiliklarni kompaniya saytida va ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.