UZCARD xizmatlaridan foydalanish yanada arzonlashdi

UZCARD to‘lov tizimi ishtirokchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “YaUPM” MChJ ishtirokchilarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishida narx siyosatiga kiritiladigan bir qator o‘zgartirishlar tasdiqlandi.

Sertifikatlangan qurilmalar ro‘yxatiga kiritilgan POS-terminallar va bankomatlarni ulash xizmatlarini ko‘rsatish uchun haq olinmaydi.

Ushbu o‘zgarishlar 2022 yil 12 dekabrdan e’tiboran kuchga kirdi.