UZCARD axborot xavfsizligi bo‘yicha konferentsiyada ishtirok etdi

«YaUPM» MChJ Axborot xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Shokamolov 2022-yil 2-noyabr kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan, O‘zbekistonda «PCI DSS 4.0» axborot xavfsizligi konferentsiyasining maxsus chaqirilgan mehmoni bo‘ldi. Tadbir PCI DSS 4.0 standartini O‘zbekiston to‘lov kartalari sanoatiga moslashtirish masalalariga bag‘ishlandi.

UZCARD vakili «UZCARDda ishlaydigan axborot xavfsizligi tizimini yaratishda PCI DSSning ahamiyati» nomli taqdimoti bilan qatnashdi, tinglovchilarni barcha ma’lumotlarni himoya qilishni kafolatlaydigan, xalqaro to‘lov tizimlarida ishtirok etuvchi kompaniyalar bajarishi shart bo‘lgan talablar to‘plamini tavsiflovchi PCI DSS muvofiqlik spetsifikatsiyasi bilan tanishtirdi. Ma’ruzachi infratuzilmani kiberhujumlar va firibgarlik operatsiyalaridan yanada samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida UZCARD axborot xavfsizligi bazasiga standartni joriy etish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. PCI DSS standartiga muvofiqlik auditidan o‘tish fakti UZCARD karta egalariga karta ma’lumotlari xavfsizligining chinakamiga yuqori darajasini ko‘rsatadi.

Kompaniya o‘zining arxitekturasi va strategiyasini ishlab chiqdi, bu esa xususan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga ham, xalqaro standartlarga ham javob beradigan axborot xavfsizligi tizimini ta’minlash imkonini beradi.