UZCARD «ICTWEEK UZBEKISTAN 2022» haftaligida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 24-27-oktyabr kunlari UZCARD bu yil Samarqand shahrida o‘tkaziladigan “ICTWEEK UZBEKISTAN 2022” har yili o‘tkaziladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida ishtirok etmoqda.

ICTWEEK bir qator xalqaro va mintaqaviy tadbirlarni o‘zida jamlaydi. Shunday qilib, xohlovchilar IT sohasidagi eng so‘nggi va noyob yutuqlar bilan tanishishi mumkin bo‘lgan “ICTEXPO” O‘zbekiston axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi doirasida UZCARD yangi mahsulot – Uzcard Pay mobil ilovasini namoyish etdi. Bu UZCARD to‘lov tizimining maxsus ilovasi bo‘lib, u smartfon yordamida xizmatlar va tovarlar uchun kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Kompaniya stendida xodimlar Uzcard Pay mobil ilovasining afzalliklari va qulayliklari haqida batafsil so‘zlab berishadi, shuningdek, barcha istak bildirganlarga uni yuklab olish va sinab ko‘rishda yordam berishadi. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar UZCARD to‘lov tizimining barcha innovatsion mahsulot va xizmatlari haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi. Tadbir mehmonlari uchun UZCARD dan maxsus aktsiya tayyorlab qo‘yilgan. Stend har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha ochiq.

25-oktabr kuni UZCARD vakillari “FINTEX” biznes konferensiyasida ishtirok etadilar, unda kompaniya rahbariyati tomonidan “UZCARDda innovatsiyalarni qo‘llash”, shuningdek, faoliyati innovatsion va texnologik startap yechimlarini topish, sinovdan o‘tkazish va joriy etishga qaratilgan “UZCARD Fintech akselleratori” mavzusida ma’ruzalar qilinadi.

Sizni Samarqand shahrida «ICTWEEK UZBEKISTAN 2022» haftaligida kutib qolamiz!