UZCARD kartalari bilan tovar va xizmatlar uchun bir teginishda to‘lash

NFC texnologiyasini qo‘llagan holda bir marta tegish orqali to‘lov qilish kabi keng ko‘lamli trend mashhurligining o‘sish darajasi yaqqol namoyon. Bu qulay va ishonchli to‘lov shakli. Ushbu trend NFC ni qo‘llab-quvvatlaydigan UZCARD kartalari chiqarilishi sonining ko‘payishida namoyon bo‘lmoqda va bugungi kunda ularning soni 1 milliondan oshadi. Bundan tashqari, har yili bir marta tegish orqali amalga oshirilgan to‘lovlar soni ortib bormoqda.

UZCARD uchun barcha to‘lov masalalarida operatsiyalarni amalga oshirishda tezlik, xavfsizlik, qulaylik va, albatta, fuqarolarning NFC texnologiyasi afzalliklaridan xabardorligi ustuvor vazifa hisoblanadi. Ushbu texnologiya yordamida mijoz, masalan, naqd pul olish, xizmatlar uchun to‘lov qilish yoki boshqa zarur operatsiyalarni amalga oshirishda kartani o‘qish apparatiga tekkazishi kifoya. Texnologiyaning qo‘llanilish ko‘lami juda keng – u do‘konlarda xaridlarni amalga oshirishda, jamoat transportida yo‘l haqini to‘lashda, bankomatlardan naqd pul olishda qo‘llaniladi.

NFC texnologiyasi UZCARD kobeydj kartalari egalariga, shuningdek, yangi turdagi UZCARD karta egalariga ma’lum bo‘lib ulgurgan. Shu bilan birga, ushbu kartalarning barchasi dualdir, ya’ni ular bilan kontaktli va kontaktsiz usullar orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

To‘lov infratuzilmasi ham keng rivojlangan. Bugungi kunda NFC UZCARD bankomatlarida 2021 yil iyul oyidan qo‘llaniladi va hozirda mamlakatimizda ularning soni 2000 ga yaqin. Bundan tashqari, hamkor-banklar ushbu turdagi uskunalar parkini doimiy ravishda kengaytirishda davom etmoqda.

NFC texnologiyasi bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab do‘konlar, kafelar, dorixonalar, yoqilg‘i quyish shaxobchalari va boshqa savdo nuqtalarida o‘rnatilgan terminallarda ham mavjud. Kontaktsiz to‘lov bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli odamlarga xizmat ko‘rsatadigan va tezkor to‘lov avtorizatsiyasi talab qilinadigan, lekin xarid summasi nisbatan kichik joylarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishi mumkin.

UZCARD doimiy ravishda NFC texnologiyasiga ega mahsulotlarni ishlab chiqadi va takomillashtiradi, bu esa ularning qamrovi va ishonchliligini oshirish imkonini beradi. Ana shunday loyihalardan biri yo‘l haqini naqd pulsiz to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘ldi. Loyiha doirasida NFC chipli yagona transport kartalari taqdim etildi. Xozirgi kunda jamoat transportida to‘lov tizimi bilan integratsiyalangan universal talabalar plastik kartalarini chiqarish bo‘yicha innovatsion loyiha amalga oshirish bosqichida turibdi. NFC ni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi talaba kartalari universitet talabalariga nafaqat transport uchun to‘lovni amalga oshirishda, balki OTMning ichki funksiyalaridan – binoga kirishda, hudud ichida, shuningdek kutubxonada kitoblardan foydalanish imkonini beradi. Loyiha o‘quv jarayonini optimallashtiradi, ta’lim va talabalar hayot sifatini oshishga yordam beradi.