UZCARD bankomat tarmog‘ida naqd pul yechish

Hurmatli mijozlar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bankomatlardan naqd pul yechib olish uchun komissiya miqdori oshirilganligi haqidagi ma’lumotlar tarqalayotganligi munosabati bilan, Yagona umumrespublika protsessing markazi ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari uchun belgilangan UZCARD to‘lov tizimi tariflari miqdori o‘zgarmadi.

UZCARD bankomat tarmog‘ida tijorat banklar tomonidan belgilanadigan UZCARD kartalaridan naqd pul yechib olish uchun komissiya miqdori 1%dan oshmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki v mamlakat tijorat banklari tomonidan protsessing markaziga ushbu xizmat uchun komissiya miqdorini oshirish bo‘yicha rasmiy so‘rovlar bilan morojaat qilinmagan.

Shu bilan birga, Sizga eslatib o‘tamizki, ayni payitda, “Qishloq Qurilish bank” aksiyasi doirasida UZCARD karta egalari “Qishloq Qurilish bank” bankomatlarida “Kod orqali naqd pul yechish” yangi UZCARD xizmati orqali mablag‘larni nol komissiya bilan yechib olishlari mumkin.