UZCARD yuridik xizmat koʻrsatuvchi yetkazib beruvchini tanlash boʻyicha Tijorat takliflarini qabul qilishni e’lon qiladi.

Talablar:

1) Ishtirokchi faqat yuridik shaxs hisoblangan va tegishli litsenziyaga ega boʻlgan advokatlik tuzilmasi boʻlishi mumkin.

2) Kompaniyaning raqobatchilari bilan yuridik xizmatlar / huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaldagi shartnomalarning mavjud emasligi.

3) Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni mustaqil ravishda bajarish qobiliyati.

4) Ishtirokchi – advokatlik tuzilmasining ishtirokchi – advokatlik tuzilmasi ishtirok etadigan yoʻnalish (lot) boʻyicha yuridik xizmatlar / huquqiy yordam koʻrsatishda bevosita ishtirok etadigan advokatlarining ish tajribasi – kamida 5 (besh) yil.

5) Soʻnggi 3 (uch) yil ichida yoʻnalish (lot) boʻyicha kamida 5 (beshta) sud ishlarining mavjudligi.

6) Ishtirokchi – advokatlik tuzilmasi xodimlari hisoblangan va ishtirokchi – advokatlik tuzilmasi tanlovda ishtirok etadigan sohada tegishli tajribaga ega boʻlgan kamida 3 (uch) reestrdagi advokatlarning mavjudligi.

Batafsil RFP va TTda koʻrsatilgan

Toʻlov valyutasi – soʻm.

Hisob-kitoblar tartibi: bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolanganidan soʻng 10 (oʻn) ish kuni ichida 100%.

Mas’ul xodim:

Raximov Kozim — Xaridlar Direksiyasi

E-mail: k.raximov@uzcard.uz

Mob: +998 97 344 49 55

Tijorat takliflari bilan arizalar 2023 yil 15 iyun kuni soat 17:00 gacha, elektron koʻrinishda, k.raximov@uzcard.uz pochtasi orqali qabul qilinadi.