UZCARD jamoasi joriy yilning 19-21 aprel kunlari Madrid shahrida Discover Global Network xalqaro to‘lov tizimi tomonidan o‘z hamkorlari uchun o‘tkazilgan «2022 Global Commercial Payments Summit» xalqaro sammitida ishtirok etdi. Tadbir doirasida Yagona umumrespublika protsessing markazi va Discover Financial Services o‘rtasida UZCARD ekvayring tarmog‘ida xalqaro Discover Global Network kartalarini qabul qilish bo‘yicha Bitim imzolandi.
UZCARD va Discover Global Network xamkorlikka 2021-yildayoq Alyans Bitimini imzolash orqali asos solgan edi, unga ko‘ra Yagona umumrespublika protsessing markazi Alyans a’zosiga aylandi. UZCARD uchun bunday hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad uning xalqaro hamkorligini kengaytirish va O‘zbekiston Respublikasini chet el fuqarolari orasida ommalashtirish edi.
«2022 Global Commercial Payments Summit» sammiti davomida YUPM va Discover o‘rtasida Bitim imzolandi, unga ko‘ra butun dunyo bo‘ylab Discover Global Network (Discover®, Diners Club International® va Network Alliance Partners) kartalari egalari tez orada mamlakatimiz bo‘ylab sayohatlari yoki xizmat safarlari davomida UZCARD orqali xaridlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari va naqd pul yechib olishlari mumkin bo‘ladi. Tomonlar loyihani respublikada ham, xorijda ham hamkorlikda ishga tushirish bosqichlari masalalarini batafsil muhokama qildilar. Bitim loyihani 2023-yil oxirigacha bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutadi.
Sammitning asosiy mavzusi korporativ to‘lovlar bo‘ldi. Spikerlar – to‘lov tizimlari, fintex va bank sanoati vakillari butun dunyo bo‘ylab korporativ mijozlar uchun yechimlar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, o‘zlarining afzalliklari va keng funktsional imkoniyatlarini namoyish etdilar. Ushbu sammit Discover Global Network hamkorlari uchun bo‘lib o‘tdi va ko‘plab mamlakatlardan, jumladan Buyuk Britaniya, Xorvatiya, Avstriya, Turkiya, Janubiy Afrika, Meksika, Peru va Yangi Zelandiyadan mehmonlarni bir yerga jamladi.
Discover Global Network tezlik bilan o‘sayotgan xalqaro to‘lov tarmog‘i bo‘lib, dunyo bo‘ylab 60 milliondan ortiq savdo nuqtalarida va 1.8 millionta bankomatlarda qabul qilinadi. Discover Global Network quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Discover Network, Diners Club International, PULSE va xamda dunyo bo‘ylab 25 dan ortiq Alyans qatnashchilarini o‘z ichiga oladi.
UZCARD hamkori bo‘lmish Discover Global Network ga tadbirni yuqori saviyada tashkil etgani va jamoamizni iliq kutib olgani uchun minnatdorchilik bildiradi!