UZCARD ot sportini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi

20-23-aprel kunlari Toshkent shahrida «Universal Jumping Agro» OSK bazasida ot sportining to‘siqlardan sakrash bo‘yicha bir qator xalqaro turnirlari, jumladan Millatlar kubogi va Yevroosiyo ligasi Jahon kubogi bosqichlari, shuningdek, Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) va Osiyo ot sporti federatsiyasi homiyligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi va O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi kubogi uchun xalqaro musobaqalar o‘tkaziladi.

UZCARD ushbu turnirlarda faol ishtirok etish tajribasini davom ettirgan holda tadbir homiylaridan biri sifatida ishtirok etadi.

Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasida ot sportini ommalashtirish, ishtirokchilarning mahorat saviyasini oshirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PQ-5024-sonli «Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni sohaga kuchli turtki bo‘ldi, unda mamlakatda ot sporti klublarining rivojlanishi, hamda milliy terma jamoalarning jahon chempionatlari va boshqa yirik xalqaro turnirlardagi ishtiroki o‘z aksini topadi.

To‘siqlardan sakrash eng qiyin va ayni paytda eng tomoshabop ot sporti musobaqalaridan biridir. Musobaqalar dastur yo‘nalishidan kelib chiqib, to‘siqlar balandligi 120 sm dan 150 sm gacha bo‘lgan yo‘llarda o‘tkaziladi. Musobaqalarda mintaqaning eng yaxshi chavandozlari, shuningdek, Armaniston, Ozarbayjon, Germaniya, Gruziya, Eron, Qatar, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Pokiston, Polьsha, Turkiya, AQSh va Finlyandiyadan tashrif buyurgan sportchilar ham o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.

UZCARD biznesdan tashqarida ham hamisha faol bo‘lib, qator sport loyihalarini, shuningdek, sport sohasidagi innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bunday musobaqalar mamlakatimizda o‘tkazilishi millat salomatligi uchun ommaviy sport rivojiga qo‘yilgan katta qadamdir. O‘tgan yildan buyon kompaniya ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha bir qator xalqaro turnirlar, jumladan Millatlar kubogi va Yevroosiyo ligasi Jahon kubogi bosqichlariga homiylik qilib kelmoqda va bunday yorqin va jozibador musobaqalar rivojiga yordam bera olish imkoniyatini yuksak qadrlaydi. Qolaversa, sportning ushbu turini yoshlarni ot minishni o‘rgatish va otlarga mehr berish orqali ommalashtirish g‘oyatda muhimdir.
Musobaqaga kirish bepul. Barcha xoxlovchilar turnirga quyidagi manzil orqali tashrif buyurishlari mumkin: «Universal Jumping Agro» ot sporti klubi, Toshkent sh., Qorasuv mavzesi, 6 (mo‘ljal: Viloyat DAN ro‘parasi).