31 mart 2022 yil «Paysend ilovasi orqali O‘zbekistondan UZCARD kartalaridan xalqaro o‘tkazmalar» aktsiyasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Sovrinlarning omadli g‘oliblari 92 ishtirokchidan iborat bo‘lib, ularning orasidan to‘rt nafari iPhone 13 smartfoniga ega bo‘ldilar.
2021 yil 22 dekabr kunidan UZCARD va Paysend xalqaro pul o‘tkazmalari platformasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida, ATB «Universal bank» va PLUM TECHNOLOGIES texnik integratori ko‘magida 3 oy davom etgan «Paysend orqali UZCARD kartalaridan xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshir» aktsiyasi boshlangan edi. UZCARD foydalanuvchilari bo‘lgan ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Aktsiyaning maqsadi xalqaro pul o‘tkazmalari ilovasi Paysendni UZCARD kartalari egalari orasida ommalashtirish bo‘lib, ular UZCARD kartalaridan dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlariga onlayn o‘tkazmalarni amalga oshirish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘lishdi. Shu bilan birga, boshqa mamlakatlardagi Paysend foydalanuvchilari ham o‘z pul o‘tkazmalarini O‘zbekistonga barcha turdagi UZCARD kartalariga, shu jumladan kobeydj kartalarga ham bemalol yuborishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Tadbirda quyidagi oddiy shartlarni bajargan 15 000 dan ortiq o‘zbekistonliklar ishtirok etdi: 2022 yil 22 martgacha Paysend ilovasi orqali, kamida 100 000 so‘m miqdorida pul o‘tkazmasini chet elga yuborish.
Sovrinli o‘yinlar uch bosqichda bo‘lib o‘tdi, ularning har birida g‘oliblar va sovrindorlar tasodifiy sonlar generatori yordamida, hamkorlar va ularning vakillari ishtirokida aniqlandi. Aktsiya natijalariga ko‘ra, o‘tkazilgan mablag‘larning umumiy miqdori bo‘yicha yetakchilarga aylangan barcha ishtirokchilar orasida Grand Final g‘oliblari aniqlandi.
UZCARD jamoasi g‘oliblarni tabriklaydi va aktsiyaning barcha ishtirokchilariga, hamda hamkorlarga minnatdorchilik bildiradi.
Sizga omad tilab qolamiz va tez orada bo‘lib o‘tadigan yangi aktsiyalarda ishtirok etishni taklif qilamiz. Yangiliklarni kompaniyaning rasmiy saytida va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda kuzatib boring!