UZCARD «Sizning tezkor UZCARD kartangiz» nomli matbuot anjumani o‘tkazdi

30 mart 2022 yil Toshkent shahridagi UZCARD kompaniyasining bosh ofisida «Sizning tezkor UZCARD kartangiz» mavzusida aholini yangi xizmat bilan tanishtirishga bag‘ishlangan katta matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

«Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJ o‘z ofisida yangi turdagi UZCARD plastik kartalarni tezkor shaxsiylashtirish va chiqarish xizmatini taqdimoti munosabati bilan keng ko‘lamli tadbir o‘tkazdi. Mexmonlar orasida UZCARD to‘lov tizimining ishtirokchi banklari, xalqaro to‘lov tizimlari vakillari, shuningdek, respublikaning barcha hududlaridan kelgan OAV vakillari va bloggerlar qatnashishdi.

UZCARD to‘lov tizimi 17 yillik tarixga ega bo‘lib, uning ortida O‘zbekiston Respublikasida ko‘plab texnologik loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishning turli bosqichlari turibdi. Va bugun kompaniya NFC texnologiyasidan foydalangan holda kontaktsiz to‘lovni amalga oshiradigan, eng muhimi – tezkor UZCARD kartalari tufayli mijozlarga xizmat ko‘rsatishning keyingi darajasiga erishgani va yangi iste’molchilar tajribasiga ega bo‘lgani bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir davomida UZCARD vakillari ishtirokchi bank filiallarida kartalarni tezkor chiqarishni tashkil etish imkonini beruvchi plastik kartalarni taqsimlangan emissiyasi xizmati haqida so‘zlab berishdi. Shu bilan birga, mijoz bankga murojaat qilgan paytdan boshlab, karta chiqarilib va faollashtirilgunga qadar shaxsiylashtirish jarayoni taxminan 5 daqiqa davom etishi ta’kidlandi. Yani, endi kartani chiqarish va olish uchun bankka ikki marta kelish shart emas, mijoz murojaat qilingan kuni darhol UZCARD kartasini olib, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni boshlashi mumkin.

UZCARD jamoasi to‘lov tizimining ishtirokchi banklari orqali o‘z mijozlariga g‘amxo‘rlik qilishni davom etadi. Yangi turdagi mahalliy UZCARD, UZCARD-Unionpay, UZCARD-Mastercard va UZCARD-«Mir» kabi turli xil karta mahsulotlarini taqdim etish, shuningdek, kontaktsiz to‘lovlarni qabul qilish va NFC texnologiyasi bilan kartalardan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun terminal infratuzilmasini rivojlantirmoqda. Aynan ushbu kartalar yordamida siz jamoat transportida yo‘l xaqi uchun bir marta tekizib osongina to‘lashingiz mumkin.

Matbuot anjumanida Mastercard xalqaro to‘lov tizimi va «Mir» Rossiya milliy to‘lov tizimi, hamkor banklar – «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ, «Asakabank» AJ, «ASIA ALLIANCE BANK» ATB vakillari ham ma’ruzachi sifatida ishtirok etishdi. Banklardan kelgan ma’ruzachilar o‘z filiallarida taqsimlangan emissiya xizmati muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani haqida xabar berishdi, yangi kartalarni olish va chiqarish shartlari to‘g‘risida ma’lumot berishdi. To‘lov tizimlari vakillari UZCARD bilan hamkorlikni yuqori baholab, kobeydj kartalaridan foydalanish imkoniyatlari va afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.

Ma’ruzachilar o‘z chiqishlarini yakunlagach, OAV vakillarining savollariga javob berdilar. Konferentsiya raqamli xavfsizlik sohasida taniqli dunyo yetakchisi bo‘lgan Entrust kompaniyasining Entrust Datacard 840CE rusumidagi uskunalarda yangi turdagi kartalarni chiqarish jarayonining vizual namoyishi bilan birga o‘tdi.

Tadbir yakunida UZCARD jamoasi bunday biznes uchrashuvlar bugungi kunda barcha bozor ishtirokchilari uchun juda muhim va foydali ekanligini va kompaniya UZCARD karta egalari uchun o‘z mahsulotlari va xizmatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga intilishini davom ettirishini ma’lum qildi.