To‘lov tizimi ishtirokchilari tomonida texnik va profilaktik ishlar

Yagona umumrespublika protsessing markazi, UZCARD to‘lov tizimi ishtirokchisi tomonida texnik va profilaktik ishlar olib borilishi sababli 2022 yil 23 sentyabr kuni soat 09:00 dan UZCARD infratuzilmasida “Mir” kartalariga hamda xorijda UZCARD – “Mir” kobeyjing kartalarga xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, UZCARD – “Mir” kobeyjing kartalari O‘zbekiston Respublikasi hududida UZCARD to‘lov tizimi infratuzilmasida odatdagidek ishlashni davom etadi.