UZCARD va Sber500 venchur kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzoladilar.

UZCARD O‘zbekiston Respublikasida venchur kapital bozorini rivojlantirish maqsadida Sber500 akseleratori bilan hamkorlik bitimini tuzdi. Bitim doirasida tomonlar startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish va mamlakatga venchur kapital qo‘yilmalarini jalb qilishga ko‘maklashishga kelishib oldilar.

Shuningdek, aynan O‘zbekiston startaplari uchun Sber tomonidan 500 Global (Amerika venchur kompaniyasi va fondi) bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan Sber500 xalqaro akseleratorining to‘rtinchi to‘lqiniga ariza topshirish muddati 14-fevralgacha uzaytirildi.

Sber500 xalqaro akseleratorida ishtirok etish  bu Sber ekotizimida va umuman Rossiya bozorida pilot loyihani ishga tushirish va yechimni kengaytirish, butun dunyodagi mentorlardan, shu jumladan Fort Ross Ventures (AQSH) va UZCARD Ventures korporativ venchur fondidan tajriba orttirish va investitsiyalarni jalb qilish.

Akseleratsiya dasturi 10 haftaga mo‘ljallangan va gibrid formatda o‘tkaziladi, ya’ni 500 ta startap uchun butkemp va 50 ta startap uchun Growth Hacking bosqichi onlayn tarzda bo‘ladi, 500 ta global mentorlar bilan individual ishlarni o‘z ichiga olgan yakuniy bosqich esa Moskvada oflayn shaklda o‘tkaziladi.

Oldingi uchta to‘lqinning bitiruvchilari allaqachon 10 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilishdi va Sber va akselerator hamkorlari bilan 2000 dan ortiq shartnomalar imzoladilar.

https://sberbank-500.ru/ sayti orqali dastur haqida batafsil ma’lumot olishingiz va ariza topshirishingiz mumkin. Ishtirok etish bepul.