Tanlov bosqichlari:
- Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va tanlov ishtirokchisiga xarid hujjatlarining bir qismi sifatida taqdim etiladi – 19.01.2024-yilgacha.
- Potensial yetkazib beruvchi hujjatlar toʻplamini tayyorlaydi va uni buyurtmachiga yuboradi. Hujjatlar toʻplamini topshirishning oxirgi muddati – 02.02.2024-yil soat 17:00 gacha.
- Buyurtmachi ekspertlar bilan birgalikda 02.09.2024-yilgacha kelib tushgan takliflarning Texnik talablar va Texnik vazifalarga muvofiqligini texnik baholaydi.
- Buyurtmachi ishtirokchilarga yakuniy narxlar boʻyicha soʻrov yuboradi, ishtirokchi esa oʻzining yakuniy narx taklifini 13.02.2024-yilgacha yuboradi.
- Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 27.02.2024-yilgacha.
Tijoriy takliflar 2024-yil 2-fevral kuni soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi va quyidagi hujjatlar toʻplamini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:
– Xavfsizlik departamenti uchun taʻsis hujjatlarining roʻyxati;
– texnik talablarning toʻldirilgan jadvali;
– talab qilingan shakl boʻyicha tijoriy taklif;
– shartnomaning asosiy talablari bilan toʻldirilgan SHKT fayli.
Ishtirokchilar toʻldirish uchun barcha shakllarni oʻz ichiga olgan xarid hujjatlarini havola orqali yuklab olishlari mumkin.