Warning: Undefined array key "HTTP_ORIGIN" in /var/www/html/api.uzcard.uz/wp-content/plugins/wp-cors/wp-cors.php on line 29
Mobi.uz mobil operatorining SIM-kartalaridan foydalanib POS-terminallarini ishlatishda profilaktika - UZCARD

Mobi.uz mobil operatorining SIM-kartalaridan foydalanib POS-terminallarini ishlatishda profilaktika

Yagona umumrespublika protsessing markazi texnik va profilaktika ishlari olib borilayotganligi sababli POS-terminallarni Mobi.uz mobil operatorining SIM-kartalari orqali ulanishda qisqa muddatli kechikishlar yuzaga kelishi mumkinligini maʼlum qiladi. Kompaniya vakillari cheklovlarni bartaraf etish ustida ishlamoqda.

Boshqa uyali aloqa operatorlarining SIM-kartalariga ega POS-terminallar odatdagidek ishlamoqda. Texnik ish paytida boshqa operatorlarning SIM-kartalaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

Mobi.uz SIM-kartali POS-terminallar faoliyatini qayta tiklangani haqida qoʻshimcha ravishda xabar beriladi.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.