UZCARD quyidagi loyiha uchun yetkazib beruvchini tanlash boʻyicha tender eʻlon qiladi:
LOT №1: “VmWare dasturiy taʻminot litsenziyalari va unga texnik yordam”
LOT № 2: “Kemp LM-X40 uskunasiga texnik yordam”
Lot № 3: “MS loyihasi litsenziyalari”
Tender bosqichlari:
- Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Tender ishtirokchisiga tender hujjatlarining bir qismi sifatida taqdim etiladi – 14.11.2023-yilgacha.
- Potensial yetkazib beruvchi 2023-yil 27-noyabrgacha (shu kuni ham) tender hujjatlari paketini tayyorlaydi.
- Ishtirokchilarning qisqacha roʻyxatini tahlil qilish va shakllantirish (30.11.2023-yilgacha)
- Yakuniy narxlar soʻrovi (06.12.2023-yilgacha)
- Tender natijalarini tasdiqlash taxminan 08.12.2023-yilgacha
Toʻlov valyutasi:
– mahalliy hamkorlar uchun – soʻm;
– xorijiy hamkorlar uchun – AQSh dollari;
Toʻlov tartibi: yetkazib berilgandan keyin 10 (oʻn) bank kuni ichida 100% toʻlov
Tenderda ishtirok etishning majburiy shartlari:
– Yetkazib beruvchi rasmiy hamkor maqomiga ega boʻlishi kerak;
– Yetkazib beruvchi litsenziyalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi shart.
– Barcha turdagi litsenziyalarni qoʻllab-quvvatlash muddati.
Masʻul xodim:
Xaitalieva Nargiza – Xaridlar boʻyicha bosh mutaxassis
E-mail: Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz
Mobil: +998 99 855 53 54
Tender hujjatlari 2023-yil 27-noyabr soat 15:00 gacha (Toshkent vaqti bilan), elektron shaklda Nargiza.Haitalieva@uzcard.uz pochta manziliga qabul qilinadi; Viktoriya.Lavrenko@uzcard.uz (nusxasi)
Eʻlon joylashtirilganidan keyin uch kun ichida potensial yetkazib beruvchi ishtirok etish uchun arizani (erkin shaklda) yuqoridagi elektron pochta manziliga yuborishi kerak.
Tender hujjatlarini olish uchun havolani bosing