«YUPM» UZCARD MChJ ISO.IEC 27001 xalqaro standarti talablariga muvofiq Menejment tizimi uchun sertifikatlashtirish auditi xizmatlari yetkazib beruvchi tanlovini eʻlon qiladi.

Tanlov bosqichlari:

  1. Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va Tanlov ishtirokchisiga xarid hujjatlari doirasida taqdim etiladi – 30.10.2023-yilgacha.
  2. Potensial yetkazib beruvchi hujjatlar toʻplamini tayyorlaydi va uni mijozga yuboradi. Hujjatlar toʻplamini topshirishning oxirgi muddati – 13.11.2023-yil soat 17:00 gacha.
  3. Buyurtmachi ekspertlar bilan birgalikda 17.11.2023-yilga qadar kelib tushgan takliflarning Texnik talablar va Texnik vazifaga muvofiqligini texnik baholaydi.
  4. Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narxlar boʻyicha soʻrov yuboradi, Ishtirokchi esa 22.11.2023-yilgacha yakuniy narx taklifini yuboradi.
  5. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash 06.12.2023-yilgacha.

Tijoriy takliflar 2023-yil 13-noyabr soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Ishtirokchilar toʻldirilishi kerak boʻlgan barcha shakllarni oʻz ichiga olgan xarid hujjatlarini quyidagi havoladan yuklab olishlari mumkin.