UZCARDda 30.10.2023-yil soat 01:00 dan 01:30 gacha profilaktika

Yagona umumrespublika protsessing markazi 2023-yil 30-oktabr kuni soat 01:00 dan 01:30 gacha texnik va profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan bankomat, E-POS, POS terminallariga ulanishda qisqa muddatli kechikishlar yuzaga kelishi mumkinligini maʻlum qiladi.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.