Eslatib oʻtamiz, 2023-yil 1-oktabrdan boshlab mamlakatimizning beshta shahri – Samarqand, Andijon, Qarshi, Urganch va Xiva aholisi uchun avtobuslarda yoʻl haqi uchun imtiyozli toʻlov aksiyamiz boshlandi. Endilikda mazkur shaharlar aholisi UZCARD kartalari yoki Uzcard Pay ilovasi orqali toʻlovlarni amalga oshirish orqali har bir safarda 500 soʻm tejash imkoniyatiga ega boʻladi.
Firibgarlik sxemalarini oldini olish maqsadida biz aksiya qoidalariga bir qator oʻzgartirishlar kiritdik. Xususan, kuniga chegirmali sayohatlar soniga qoʻshimcha cheklov joriy etildi. 500 soʻm chegirma kuniga 6 marta, xuddi shu UZCARD bank kartasi bilan toʻlov amalga oshirilganda amal qiladi. Xuddi shu kartadan foydalangan holda, bir kundagi keyingi safarlar uchun toʻlov amaldagi tariflar boʻyicha toʻliq amalga oshiriladi.
Ommaviy oferta quyidagi havolada