«Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJ uchun «Professional texnik tarjimonlik» bo‘yicha ijrochi tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov No. 112281

Tanlov ishtirokchilarini baholashning asosiy mezonlari:

  • Ishtirokchi:

– qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida emas;

– Buyurtmachi bilan sud yoki hakamlik muhokamasida emas;

– ilgari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha lozim darajada bajarilmagan majburiyatlar yo‘qligi;

– manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki bunday ziddiyat xavfini tug‘diradigan harakatlarni amalga oshirmaydi.

  • Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida mavjud emasligi;
  • Ishtirokchi va ishtirokchi bankning offshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tmaganligi;
  • Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasining mavjudligi;
  • Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning yo‘qligi;
  • O‘zbekiston bozorida tarjimalar sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi;
  • Matnlarning professional texnik tarjimasini amalga oshirish huquqini beruvchi sertifikat/litsenziyaning mavjudligi;
  • Qabul qilingan ma’lumotlarning maxfiyligi kafolati;
  • Asl matnning ma’nosini buzmasdan yozma tarjima xizmatlarini ko‘rsatish. Bundan tashqari, u Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan terminologik lug‘at va/yoki ixtisoslashtirilgan lug‘atga muvofiq terminologiyaga qat’iy rioya qilishi kerak;
  • Tarjimaning zamonaviy imlo, tinish belgilari (grammatika) va til stilistikasi qoidalariga muvofiqligini tekshirish. Boshqa sohalardagi atamalarni «aralashtirish» yoki foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • Mazkur texnik shartga 1-ilovadagi test matnining o‘zbek va ingliz tillariga tarjimasi.

 

Ishlash muddati – 2022 yil oxirigacha.

Tanlovning maksimal qiymati – 27 450 000 so‘m.

Moliyalashtirish manbai – “YUPM” MChJning o‘z mablag‘lari hisobiga.

To‘lov valyutasi:

– mahalliy yetkazib beruvchilar uchun – so‘m;

– xorijiy yetkazib beruvchilar uchun – AQSH dollari.

 

Tanlovda xorijiy kompaniyalar ham, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, jumladan, tegishli tajribaga ega kichik biznes subyektlari ham ishtirok etishlari mumkin.

https://etender.uzex.uz rasmiy platformasiga kirib, 112281-sonli lot uchun quyidagi havola orqali xarid hujjatlari, texnik shartlar va shartnoma loyihasini yuklab olishingiz kerak:
https://etender.uzex.uz/lot/112281 .

Takliflar 2022-yil 30-iyungacha yuqoridagi havola orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Savollar tug‘ilsa, quyidagi rekvizitlar bo‘yicha Buyurtmachining kontakt shaxslariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: Tel.: (+998) 71-202-11-18 (1045), F.I.O.: Xaitaliyeva Nargiza Burxanovna. Manzil: 100011, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 78-uy.