Uzoq tanaffusdan soʻng Bank futbol ligasi yana oʻz darvozalarini ochadi! UZCARD va Oʻzbekiston banklari Assotsiatsiyasidagi (OʻBA) banklar tomonidan tashkil etilgan uchrashuv ushbu hayajonli sport musobaqasini qayta tiklash yoʻlidagi birinchi qadam boʻldi.
Bank futbol ligasi sportni yaxshi koʻradigan bank sektori xodimlarini birlashtiradi. Chempionlar kubogi uchun qatnashadigan bank xodimlari orasida chinakam jamoalar shakllantiriladi. Ushbu tadbir nafaqat sportni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga hissa qoʻshadi, balki xodimlarni jipslashtirishga, shuningdek, sohadagi hamkasblar bilan yaxshiroq tanishishga yordam beradi.
OʻBA da boʻlib oʻtgan uchrashuvda mamlakat tijorat banklari vakillari, shuningdek musobaqa tashkilotchilari – “FOOTBALL CORP” MChJ ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga Bank futbol ligasi loyihasi taqdimoti oʻtkazildi, shuningdek, turnir nizomi va uni tashkil etishning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Bank futbol ligasining homiysi UZCARD hisoblanadi. Bu esa turnirning yuqori darajada oʻtkazilishi va qoʻllab-quvvatlanishini kafolatlaydi.
Uchrashuvda banklar va tashkilotchilar vakillari turnir reglamentini, jumladan, ishtirok etish qoidalari, musobaqa formati va oʻyinlar taqvimini batafsil muhokama qildilar. Barcha taraflar turnirda faol ishtirok etishga qiziqishi va tayyorligini bildirdi.
Bizga qoʻshiling va voqealar rivojini kuzatib boring! Oldinda bizni unutilmas va his-tuygʻularga boy sport tomoshasi kutmoqda! Turnir kuzda boʻlib oʻtadi.
UZCARD Oʻzbekistonda sportning rivojlanishini faol qoʻllab-quvvatlaydi. Kompaniya, Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining (OʻFA) bosh homiysi va Oʻzbekiston Professional futbol ligasining (OʻzPFL) rasmiy hamkori hisoblanadi.