UZCARD va Oʻzbekiston Nodavlat taʼlim muassasalari assotsiatsiyasi memorandum imzoladilar, ular doirasida maktab oʻquvchilari oʻrtasida moliyaviy menejment koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qoʻshma darslar, mahorat darslari va onlayn kurslar oʻtkaziladi. Hamkorlik shartnomasi UZCARD Kids loyihasining bir qismi boʻlib, u bolalar va oʻsmirlarga asosiy shaxsiy moliyani boshqarish koʻnikmalarini oʻrganishga va tadbirkorlik tafakkurini rivojlantirishga yordam berishga qaratilgan.
Ishtirokchilarni qiziqarli tarzda asosiy moliyaviy atamalar bilan tanishtiradigan UZCARD Kids uchun «Moliyaviy kod: Men kimman?» stol oʻyini ishlab chiqildi. Kompaniya oʻyinning 100 nusxasini Assotsiatsiyaning maktablariga hadya qilishni maqsad qilgan. Bu esa moliyaviy savodxon avlodni shakllantirish yoʻlidagi birinchi qadam boʻladi.
Tashabbusning muhimligi haqida Oʻzbekiston Nodavlat taʼlim muassasalari assotsiatsiyasi raisi Firuza Vaxabova izoh berdi:
“Bugun bolalarga moliyaviy savodxonlikni oʻrgatish ularning ertangi muvaffaqiyatli kelajagining kalitidir. Bolalarga pul muomalasi asoslarini qiziqarli va qulay formatlar orqali yetkazish maqsadida UZCARD bilan harakatlarimizni birlashtirish imkoniga ega boʻlganimizdan mamnunmiz. Bolalar moliya bilan ishlashni qanchalik erta anglay boshlasa, hayotda oʻzlariga boʻlgan ishonchlari ham shunchalik ortadi”.
UZCARD loyihasi doirasida UZCARD va Oʻzbekiston Nodavlat taʼlim muassasalari assotsiatsiyasi oʻrtasidagi hamkorlik bolalarga moliyaviy savodxonlikni oʻrgatish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
UZCARD Kids maktab oʻquvchilari uchun oʻquv dasturlaridan tashqari, olti yoshdan boshlab bolalar va ularning ota-onalari uchun moʻljallangan – loyihamiz qahramonlari bilan birgalikda @uzcardkids obunachilari pul oʻzi nima, u qanday topiladi, uni qanday tejash va sarflash kerakligini bilib olishadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarimizni kuzatib boring:
- Instagram: www.instagram.com/uzcardkids
- Telegram: t.me/uzcardkids
- YouTube: www.youtube.com/@uzcardkids
- Facebook: www.facebook.com/uzcardkids