UZCARD “Manzillar yaqinroq” aksiyasi doirasida jamoat transportida UZCARD kartalari bilan toʻlovlarni amalga oshirishda yoʻl haqi chegirmalari 1000 soʻmgacha oshirilishini mamnuniyat bilan eʼlon qiladi! Ammo bu hammasi emas – endi aksiya avvalgi 12 ta shahar oʻrniga 16 ta shaharni qamrab oladi, jumladan, yangi shaharlar: Guliston, Angren, Jizzax va Fargʻona.
Ushbu noyob imkoniyatdan foydalaning va har bir sayohatda tejang! Aksiyada Oʻzbekiston Respublikasining har qanday banki tomonidan chiqarilgan 5614****, 6262***, 5440** indeksli, validatorga “bir tekkazish” bilan to ‘lovlarni amalga oshiruvchi barcha UZCARD bank kartalari ishtirok etadilar. Bu xavfsiz, tezkor va qulay toʻlov usuli hisoblanadi. Shuningdek, 8600*** karta egalari kartani Uzcard Pay mobil ilovasiga bogʻlab, aksiyada ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari, Siz Uzcard Pay ilovasiga virtual UZCARD kartasini qoʻshishingiz va u bilan gadjetni terminalga tekkazib toʻlov qilishingiz mumkin.
«Manzillar yaqinroq« aksiyasi quyidagi shaharlarni qamrab oladi: Yangiyoʻl, Termiz, Qarshi, Samarqand, Zarafshon, Buxoro, Urganch, Xiva, Nukus, Andijon, Namangan, Qoʻqon, Guliston, Angren, Jizzax va Fargʻona, va 2024–yil 1–maydan 31–dekabrgacha ATTO validatorlari oʻrnatilgan jamoat transportida faoliyat koʻrsatmoqda.
Katta chegirmalardan foydalanish imkoniyatini qoʻldan boy bermang. Agar sizda hali NFC qoʻllab-quvvatlovchi UZCARD kartalari boʻlmasa, O’zbekistondagi barcha bank bo‘limlarida hoziroq buyurtma bering.
Aksiya haqida batafsil ma’lumotni veb-saytda, shuningdek UZCARD foydalanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash xizmati – 1257 raqamiga qoʻngʻiroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin.