Warning: Undefined array key "HTTP_ORIGIN" in /var/www/html/api.uzcard.uz/wp-content/plugins/wp-cors/wp-cors.php on line 29
AloqaBank UZCARD to‘lov tizimi bilan hamkorlikda moddiy yutuqli sovrinlar o‘yinlarini o‘tkazadi - UZCARD

AloqaBank UZCARD to‘lov tizimi bilan hamkorlikda moddiy yutuqli sovrinlar o‘yinlarini o‘tkazadi

AloqaBank va UZCARD to‘lov tizimi UZCARD kartasi egalariga mo‘ljallangan yangi rag‘batlantiruvchi aksiyani boshlaydi — “Omad kartasi 3.0”. 2025-yil 16-iyundan 16-dekabrgacha bank mijozlari har oyda o‘tkaziladigan yutuqli o‘yinlarda ishtirok etishlari va yirik pul mukofotlarini yutib olishlari mumkin bo‘ladi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 180 million so‘mni tashkil etadi. Har oy davomida ikki nafar g‘olib aniqlanadi va har biriga 15 million so‘mdan pul mukofoti topshiriladi.

Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagilar talab etiladi:

  • AloqaBank tomonidan chiqarilgan UZCARD kartasi egasi bo‘lish (shu jumladan aksiya davrida karta ochish);
  • ushbu karta orqali kamida 200 000 so‘mlik naqdsiz xaridlar amalga oshirish.

Muhim jihat shundaki, kartadan kartaga pul  o‘tkazmalari (P2P) va bankomatlardan naqd pul yechish amallari aksiyada hisobga olinmaydi va ishtirok etish sharti hisoblanmaydi.

G‘oliblar ismi mustaqil random.org servisi orqali tasodifiy tarzda aniqlanadi.

Yutuqli o‘yinlarning natijalari AloqaBank’ning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi, pul mukofotlari esa g‘oliblarning UZCARD kartalariga bevosita o‘tkaziladi.