UZCARD Qirg‘izistonning Elcard kartalariga UZCARD kartalaridan pul o‘tkazmalarini (P2P) amalga oshirayotgan foydalanuvchilar uchun “Omadli o‘tkazma” sovrinli aksiyasi boshlanganini e’lon qiladi. 500 000 so‘mdan boshlab amalga oshirilgan har bir o‘tkazma avtomatik ravishda qimmatbaho sovrinlar: pul sertifikatlaridan tortib eng yangi iPhone 17 Pro smartfonlarigacha — yutib olish imkoniyatiga aylanadi.
Bugungi kunda Elcard kartalariga o‘tkazmalarni hamkor banklar: Unired (Universalbank), Xazna (Xalq banki) va Mavrid (Mikrokreditbank)ning ilovalari orqali yuborish mumkin. Mijozlarga qulay bo‘lishi uchun o‘tkazma funksiyasi har bir ilovada alohida joylashtirilgan: Unired’da — bosh sahifada, Xazna’da — o‘tkazmalar bo‘limida, Mavrid’da esa — xalqaro operatsiyalar qatorida. Tranzaksiya tasdiqlangach, tizimda o‘tkazmaga aksiyada ishtirokini tasdiqlovchi noyob identifikator biriktiriladi. Foydalanuvchilar to‘plangan imkoniyatlarni UZCARDning rasmiy: https://t.me/p2p_uzcard_bot Telegram-boti orqali tekshirishlari mumkin.
Aksiya yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi va ularga uch dona iPhone 17 Pro hamda 5 000 000 so‘mdan o‘n dona pul mukofoti topshiriladi. Yutuqlar aksiyaning amal qilishi davomida shartlarga mos ravishda bajarilgan barcha o‘tkazmalar orasida o‘ynaladi.
Aksiya 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 31-yanvargacha davom etadi va UZCARD hamda Qirg‘izistonning milliy to‘lov tizimi Elcard o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishni davom ettiradi. Ikki tomon o‘rtasida imzolangan kelishuv ikki davlat hududidagi millionlab foydalanuvchilar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qulay transchegaraviy o‘tkazmalarni amalga oshirish imkonini yaratdi.
“Оmadli o‘tkazma” aksiyasini yo‘lga qo‘yar ekan, UZCARD transchegaraviy xizmatlarning ahamiyati va qadrini ta’kidlaydi, chunki ular oilalarni qo‘llab-quvvatlashga, aloqalarni mustahkamlashga va uzoq masofada turib ham yaqinda bo‘lishga yordam beradi. Kompaniya qulay va xavfsiz raqamli xizmatlarni tanlagan foydalanuvchilarni rag‘batlantirish bilan birga o‘zining texnologik imkoniyatlarini kengaytirishda davom etadi.