Tizim tahlilchisi

Vazifalari:

  • QlikView/Qlik Sense modellari va hisobotlarini dasturlash.
  • ETL jarayonlari tartiblarini ishlab chiqish.
  • Mavjud yechimlarni optimallashtirish.
  • Joriy ma’lumotlarni yig‘ish tartib-qoidalarining bajarilishini nazorat qilish.
  • Foydalanuvchilar bilan muloqot qilish (ishlab chiqish vaqtida, texnik yordam vaqtida maslahat berish).
  • Texnik hujjatlarni yozish.

Talablar:

  • Axborot texnologiyalari, avtomatlashtirish, matematika yoki fizika, statistika yoki tegishli sohalarda oliy ta’lim.
  • Biznes jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha tahlilchi/IT sohasida tahlilchi sifatida kamida 3 yillik tajriba.
  • QlikView yoki Qlik Sense’da analitik modellar va hisobotlarni ishlab chiqish tajribasi.
  • Qlik-da ma’lumotlarni yuklash va model ishlashini optimallashtirish algoritmlarini bilish.
  • Murakkab SQL so‘rovlarini yozish va optimallashtirish qobiliyati
  • Ma’lumotlar bazasining ishlash arxitekturasi va tamoyillarini bilish.
  • Analitik vositalar va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash ko‘nikmalari.
  • Statistikaning asoslari va analitik usullar.
  • Ilg‘or Microsoft Excel foydalanuvchisi.
  • SQL tilini bilish.
  • Qlik View/Excel/Qlik Sense-da VBA makroslarini ishlab chiqish ko‘nikmalari.
  • Mustaqil va jamoada ishlash qobiliyati.

Bozorlarda POS nuqtalarini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy menejer

Vazifalar:

  • Savdo strategiyasini tuzish va ishonib topshirilgan hududda uni amalga oshirish;
  • Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha tahlil va rejalashtirish;
  • Jamoani boshqarish: kasbiy rivojlanish, motivatsiya, guruh faoliyatini rejalashtirish;
  • Jamoa bilan doimiy qayta aloqani yo‘lga qo‘yish;
  • Loyiha bo‘yicha hujjatlarni yuritish;
  • Loyiha bo‘yicha vazifalarni bajarish sifatini nazorat qilish;
  • Yuqori natijalarga erishish uchun jarayonlarni optimallashtirish;
  • Yig‘ilishlarni o‘tkazish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish va loyihalarni bajarish davomida ularni rejalashtirish;
  • Rahbariyatga o‘z vaqtida hisobot berishni ta’minlash.

Talablar:

  • Savdo, menejment, iqtisodiyot yo‘nalishlarida oliy ma’lumot;
  • Shunga o‘xshash yoki turdosh pozitsiyada yirik distribyutor kompaniyada ishlash tajribasi;
  • Moliya sohasini bilish va bozorni chuqur tushunish;
  • Qaror qabul qilish va maqsad va ustuvorliklarni belgilash qobiliyati;
  • Kuchli kommunikativ ko‘nikmalar, muzokaralar olib borish ko‘nikmalari;
  • Korporativ tizimda ishlash qobiliyati, hujjat aylanishini yuritish;
  • MS Office, Outlookni bilish;
  • Rejalashtirishning asosiy tamoyillari va usullarini bilish;
  • O‘zbek va rus tillarini bilish;

Kuzatuv kengashi a’zosi yordamchisi

Vazifalar:

  • Muzokaralar va biznes uchrashuvlarini tashkil etish
  • Rahbarning so‘roviga ko‘ra yig‘ilishlarda, biznes uchrashuvlarida, muzokaralarda ishtirok etish
  • Zarur moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzish
  • Xatlarni qabul qilish va ular bilan ishlash
  • Rahbarning ish kunini rejalashtirish
  • Rahbar topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilish
  • Kompaniyaning boshqa Kuzatuv kengashi a’zolari va direktorlari bilan o‘zaro hamkorlik
  • Rahbarning boshqa topshiriqlarini bajarish

Talablar:

  • Iqtisodiyot/moliya/ menejment sohasida oliy ma’lumot;
  • Moliya sohasida kamida 2 yil yoki banklarda turdosh lavozimda ish tajribasi
  • MS Excel, Outlook’dan ishonchli foydalana olish
  • O‘zbek, rus va ingliz tillarini yaxshi bilish
  • Muzokaralar va ish yozishmalarini olib borish ko‘nikmalari
  • Analitik aql, mas’uliyatlilik, aniqlik, diplomatiklik, ijrochilik, innovatsion fikrlash;