«Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar beradi.
Yig‘ilish o‘tkaziladigan sana: 2024-yil 6-sentyabr.
Yig‘ilish o‘tkaziladigan joy: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 78-uy.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi soat 12:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish vaqti – 11:45 dan 12:00 gacha.
Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri shakllantirilgan sana – 2024-yil 30-avgust.
Kun tartibi:
- Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishni o‘tkazish reglamentini tasdiqlash va kotibni tayinlash;
- Jamiyatning 2024-yil 2-choragi uchun moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha auditorlik xulosasini ko‘rib chiqish;
- Jamiyat sof foydasining bir qismini 2024-yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha taqsimlash, 2024-yil 2-choragi yakuni bo‘yicha dividendlar miqdori, shakli va to‘lash tartibini tasdiqlash;
- «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJning dividend siyosati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
- Jamiyatning 2024-yildagi moliya-xo‘jalik faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash;
- Affillangan shaxslar bilan bitimlarni ma’qullash;
- Jamiyat tomonidan 2024-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilishi mumkin bo‘lgan affillangan shaxslar bilan bitimlarni ma’qullash;
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi materiallari bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 78-uy yoki info@uzcard.uz elektron manziliga so‘rov yuborish orqali.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish uchun aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlarning vakillari esa O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma (jismoniy shaxslar uchun – notarial tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun – ushbu yuridik shaxs tomonidan berilgan) taqdim etishlari zarur.
Agar aksiyador axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berishni istasa, u masofadan ovoz berishni tashkil etish maqsadida ushbu xabar e’lon qilingan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay bu haqda Jamiyatni yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
«Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ Kuzatuv kengashi