UZCARD va zypl.ai tomonidan yaratilgan yangi 1ziyo.ai qo‘shma korxonasi ro‘yxatdan o‘tganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.
1ziyo.ai – O‘zbekiston moliya sektorini raqamli o‘zgartirishda muhim qadamdir. Loyihaning asosiy maqsadi kredit skoring jarayonlarini takomillashtirish, firibgarlik operatsiyalarini aniqlash, tranzaksiyalarni kuzatish va moliyaviy xavf-xatarlarni boshqarish uchun zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishdan iborat.
Loyiha quyidagilarga asoslanadi:
UZCARD ishonchli infratuzilmasi va xizmatlari
zypl.ai dan ilg‘or AI texnologiyalari, jumladan zGAN algoritmi va Lucidning no-code platformasi
20 dan ortiq bozorlarda xalqaro tajriba va AI modellarini yaratishda chuqur tajriba
Kompaniya faoliyati sintetik ma’lumotlarni yaratish, xavflarni modellashtirish va aniq skoring yechimlarini ishlab chiqish uchun generativ sun’iy intellektdan foydalanishga qaratilgan.