«Autopaytoken» tokenlarini so‘rash xizmatiga 50% chegirma

«Yagona umumгespublika pгotsessing markazi» AJ 2025-yil 1-apreldan 31-maygacha «UZCARD» to‘lov tizimidagi bank kartalari uchun «Autopaytoken» xizmati bo‘yicha tokenlar so‘roviga 50% chegirma taqdim etilishini ma’lum qiladi (2025-yil 1-apreldan kuchga kiradigan tarifning 1.4.3-bandi).

Ko‘rsatilgan davrda «UZCARD» to‘lov tizimidagi bank kartasi tokenining har bir muvaffaqiyatli so‘rovi narxi odatdagi 1500 so‘m o‘rniga atigi 750 so‘mni tashkil etadi.

«Autopaytoken» – bu ishtirokchilar tomonidan berilgan kreditlar doirasida bank kartalari bilan ishlash uchun unikal tokenlarni olish imkonini beruvchi xizmatdir. Ushbu xizmat kreditlarning qaytarilishini ta’minlashga va shu orqali omonatlarni kafolatlashga yordam beradi.

Biz to‘lov tizimi ishtirokchilariga ushbu xizmatdan maxsus shartlarda foydalanish hamda to‘lov yechimlarini joriy etish va ulardan foydalanishda xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdan mamnunmiz.