UZCARD to‘lov tizimi 2025-yilda Markaziy Osiyodagi eng muhim madaniy voqealardan biri — Buxoro xalqaro biennalesining homiylaridan biri sifatida ishtirok etadi. Tadbir 5-sentabrdan 20-noyabrgacha Buxoroning tarixiy markazida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan xalqaro biennale 39 mamlakatdan 400 dan ortiq ishtirokchini, jumladan, rassomlar, kuratorlar, tadqiqotchilar va madaniy muassasalar vakillarini birlashtiradi. “Qalblar dardiga darmon” mavzusi san’at, hunarmandchilik, gastronomiya va hissiy tajriba qirralarini Sharqqa xos noyob prizma orqali ochib beradi.
Biennaleni qo‘llab-quvvatlash UZCARD brendining barqaror, ilg‘or va madaniy jihatdan muhim tashabbuslarni rivojlantirishga qaratilgan strategik yo‘nalishini aks ettiradi.
“Buxoro biennalesi bilan hamkorlik biz uchun mamlakat madaniyatini rivojlantirishga qo‘shilgan hissa va san’atning birlashtiruvchi kuch sifatidagi e’tirofidir. Buxoro — ko‘p qatlamli xotira makoni. Biz san’at va texnologiyalar rivojlanish, ochiqlik va madaniy va milliy o‘ziga xoslikka hurmat yo‘lida bir yo‘nalishda harakat qilishi mumkinligiga ishonamiz. UZCARD ushbu muhim tarixning bir qismiga aylanganidan faxrlanadi”, — dedi David Melikidze, UCMG kompaniyalar guruhi bosh direktori.
Biennale doirasidagi tadbirlar qatorida tarixiy binolardagi ko‘rgazmalar, gastronomik laboratoriyalar, mahorat darslari, muhokama maydonchalari, shuningdek, ma’rifiy va inklyuziv dasturlar o‘rin oladi. UZCARD ko‘magi loyiha doirasidagi ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Buxoro xalqaro biennalesi O‘zbekiston Madaniyat va San’atni rivojlantirish jamg‘armasining tashkiliy ko‘magida o‘tkaziladi.