“Biznesni rivojlantirish banki” Alif bilan birgalikda bank tomonidan UZCARD milliy to‘lov tizimi negizida muomalaga chiqariladigan kobrendli bank kartalari chiqarilishini e’lon qiladi.
Loyiha doirasida “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ (UZCARD), Alif va “Biznesni rivojlantirish banki” ATB o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi uch tomonlama memorandum imzolandi.
Uchrashuvda hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, texnik yechimlar va yangi kartalar taqdim etadigan imtiyozlar muhokama qilindi. Yaqin kelajakda mijozlar UZCARDning ishonchliligi va qamrovini Alif kompaniyasining raqamli yechimlari va xizmatlari bilan uyg‘unlashtirgan ko-brend kartalaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
“Biz UZCARD, Alif va BRB o‘rtasida uch tomonlama memorandum imzoladik. Yaqin kelajakda biz “Alif” mobil ilovasi orqali mijozlarni masofadan identifikatsiyalash va tezkor muomalaga chiqarish imkoniyatiga ega kobrend kartalarini ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz. Bu shuni anglatadiki, mijozlar Alif bank kartasini bank ofisiga bormasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompaniya vakili yoki agentidan olishlari mumkin bo‘ladi. Kartani darhol mobil ilovaga ulashingiz, shaxsni masofadan turib identifikatsiyadan o‘tkazishingiz va onlayn to‘lovlardan foydalanishni boshlashingiz mumkin. Ushbu hamkorlik mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada rivojlantirish va “unbanked” segmentini bank xizmatlariga jalb etishga qaratilgan”, — deya izoh berdi “UCMG” MChJ tijorat direktori Olim Zokirov.