BTech UZCARD EXPO 2024’da eng so‘nggi mahsulotlarini taqdim etdi

BTech kompaniyasi UZCARD FORUM 2024 doirasida o‘tkazilgan UZCARD EXPO 2024 ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Bank uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida yetakchilardan biri bo‘lgan BTech moliyaviy texnologiyalar va avtomatlashtirish sohasidagi ilg‘or yechimlarini namoyish qildi.

Kompaniyaning asosiy eksponatlaridan biri bankomatlar tarmog‘ini optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan yangi dasturiy ta’minot bo‘ldi. Namoyish stendi «Apex Bank» AJ bilan hamkorlikda Nautilus Hyosung MX8600S bankomatida taqdim etildi.

BTech ko‘rgazma stendida O‘zbekistondagi ATM bank tarmog‘ining funksional imkoniyatlarini kengaytirishga mo‘ljallangan bankomatlar uchun dasturiy ta’minot namoyish etildi. Ushbu dasturiy ta’minot respublikada mavjud bo‘lgan barcha o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmalari yetkazib beruvchilarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa banklarga bankomatlar tarmog‘ini yanada samaraliroq boshqarish va o‘z xizmatlarini targ‘ib qilish hamda yangi mijozlarni jalb etish orqali qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi. Dasturiy ta’minotning asosiy imkoniyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ATMning standart funksiyalari (naqd pul berish, jumladan resaykling)
  • Cheksiz miqdordagi xizmat ko‘rsatuvchi provayderlardan to‘lovlarni qabul qilish (naqd pul va kartalar orqali)
  • Bankomatda mijozning shaxsiy kabineti (internet-banking analogi)
  • Terminal tarmog‘ini keng qamrovli monitoring qilish va boshqarish
  • Kontaktsiz kartalar va xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash
  • Kontentni boshqarish, reklama, arizalarni yig‘ish va shaxsiy takliflar.

UZCARD EXPO 2024’dagi ikkinchi muhim yechim bank filiallarini raqamlashtirish uchun mo‘ljallangan STM MV800 qurilmasi bo‘ldi.

STM MV800 – bank operatsiyalarini o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish formatiga o‘tkazadigan yuqori texnologiyali qurilma. Mijozlar o‘zlari uchun qulay vaqtda naqd pul yechib olishdan tortib karta chiqarishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli xizmatlarni amalga oshirishlari mumkin. Bu yechim filial xodimlariga yuklamani kamaytiradi va mijozlar bilan shaxsiy muloqotga ko‘proq vaqt ajratish imkonini beradi.

BTech stendida taqdim etilgan keyingi yechim barcha mijozlar ehtiyojlariga moslashtirilgan yangi POS-terminallar bo‘ldi.

PAX A910S – Android asosidagi, fiskal modullarni qo‘llab-quvvatlaydigan, biznes jarayonlarini avtomatlashtiruvchi va Uzcard, Visa, MasterCard, UnionPay to‘lov tizimlarini qo‘llab-quvvatlovchi terminal.

PAX IM30 – karta va QR-to‘lovlarni qo‘llab-quvvatlaydigan, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kiosklari uchun mo‘ljallangan terminal bo‘lib, mijozlar oqimi yuqori bo‘lgan joylar uchun ideal.

PAX A35 – kassa tizimlari uchun aqlli pinpad bo‘lib, xavfsiz tranzaksiyalarni va kartalar hamda mashhur to‘lov tizimlarini (UzcardPay, Click, Tez QR) qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi.

Shuningdek, BTech jamoasi rossiyalik IT-hamkor bilan birgalikda ishlab chiqilgan bankomatlar tarmog‘ini boshqarish va qo‘llab-quvvatlash yechimini taqdim etdi. Bu ko‘p brendli dasturiy ta’minot qurilmalarning ishonchliligi oshirish, operatsion nazoratni kuchaytirish va xarajatlarni optimallashtirish uchun yaratilgan. U kengaytirilgan diagnostika, muammolarni tahlil qilish imkoniyatini beradi va beqaror aloqa kanallarida ham barqaror ishlaydi, shu sababli bank tarmoqlari uchun ishonchli tanlov hisoblanadi.

Kompaniya xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish uchun bir nechta yechimlarni taklif qildi.

SmartKiosk-700 – 21 dyuymli sensorli ekranli Android asosidagi ko‘p funksiyali kiosk. U xizmatlarni to‘lash, chipta sotib olish, taksi chaqirish va oziq-ovqat buyurtma qilishni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, bank kartalari bilan ishlash uchun IM30 to‘lov terminali bilan jihozlangan.

Umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohasida avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan va Windows tizimida ishlaydigan devorga o‘rnatiladigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmasi. U barcha turdagi to‘lovlarni, shu jumladan QR-kodlarni qo‘llab-quvvatlaydi va reklamalarni alohida ekranda joylashtirish imkonini beradi.

Savdo markazlari va jamoat joylarida interaktiv xizmatlar uchun mo‘ljallangan lobbi-kiosk. U xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashgan bo‘lib, odamlar gavjum joylarda to‘lovlarni avtomatlashtirish va interaktiv xizmatlarni taqdim etish uchun yaratilgan.

«UZCARD EXPO 2024 da ishtirok etganimizdan faxrlanamiz. Bu tadbir bizga o‘z yechimlarimizni namoyish etish va xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatiga sodiqligimizni ta’kidlash imkonini berdi. Ishonchimiz komilki, bizning mahsulotlarimiz mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni sezilarli darajada yaxshilaydi va moliyaviy xizmatlarni yanada xavfsiz hamda qulay qiladi, bu bugungi kunda juda muhim. Samarali muhokamalar va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyati uchun barcha UZCARD EXPO 2024 ishtirokchilariga minnatdorchilik bildiraman!» – deya ta’kidladi BTech kompaniyasining mintaqaviy direktori Alisher Xolmatov.

UZCARD EXPO 2024da taqdim etilgan yechimlar BTechning innovatsiyalarni joriy etish va banklarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ish samaradorligini oshirish hamda mijozlarga yanada qulay va xavfsiz moliyaviy xizmatlarni taklif qilishga yordam beradigan mahsulotlarni yaratishga sodiqligini yana bir bor isbotladi.