Bir qadam oldinda bo‘ling, firibgarlarning yangi hiylalariga aldanib qolmang!

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda UZCARD nomidan soxta kafolat xatlarini o‘z ichiga olgan xabarlar tarqalmoqda. Ularda firibgarlar foydalanuvchilardan qo‘shimcha to‘lovlar yoki shaxsiy ma’lumotlarni talab qilib, pul mablag‘larini qaytarishni va’da qilishmoqda.

UZCARD rasman quyidagilarni ma’lum qiladi:

– Kompaniya mablag‘larni qaytarish to‘g‘risida kafolat xatlarini yubormaydi va ularni olish uchun hech qanday to‘lovlarni talab etmaydi.

– UZCARD hech qachon mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari, karta raqamlari yoki to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlar orqali so‘ramaydi.

– Bunday talablarni o‘z ichiga olgan har qanday xabar firibgarlik hisoblanadi. Biz bunday xabarlarga e’tibor bermaslikni va shaxsiy ma’lumotlarni firibgarlarga bermaslikni qat’iy tavsiya etamiz.

Agar UZCARD nomidan shubhali xabar olsangiz, bu haqda zudlik bilan bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga xabar bering. Biz foydalanuvchilarning xavfsizligini sinchkovlik bilan nazorat qilib boramiz va ularning moliyaviy ma’lumotlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz.

Xavf-xatarlardan saqlanish uchun doimo ma’lumotlarni UZCARD rasmiy manbalaridan tekshiring:

  • Veb-sayt
  • Qo‘llab-quvvatlash xizmati
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar

Iltimos, ogoh bo‘ling!