UZCARD 12 yoshdan boshlab o‘smirlar uchun moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha «Biznes-kod» o‘yinini taqdim etdi

UZCARD kompaniyasi UZCARD Kids loyihasi doirasida 12 yoshdan boshlab o‘smirlar uchun «Biznes-kod» stol o‘yinini ishga tushirdi. Ilgari kompaniya 6 yoshdan boshlab kichik yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan «Moliyaviy kod: Men kimman?» o‘yinining chiqarilishini e’lon qilgan edi. Bu o‘yin loyihaning hamkor banklari orqali bepul tarqatilmoqda.

«Biznes-kod» UZCARD FORUM 2024 da taqdim etildi va yosh avlodga shaxsiy moliyani boshqarishning asosiy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish hamda tadbirkorlik tafakkurini rivojlantirishda yordam berishga qaratilgan.

O‘yin ishtirokchilarga biznes g‘oyasini tanlashdan tortib, muvaffaqiyat yoki qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin bo‘lgan strategik qarorlargacha o‘zini tadbirkor sifatida sinab ko‘rish imkonini beradi. Ishtirokchilar kompaniya yaratishning barcha bosqichlaridan o‘tadi, haqiqiy biznes vaziyatlariga duch keladi hamda strategik fikrlash, qaror qabul qilish va moliyaviy rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. O‘yinning asosiy afzalliklari shundaki, o‘yinchilar biznesni yaratish va rivojlantirishning barcha bosqichlaridan o‘tadigan real ssenariylardan foydalaniladi, shuningdek, strategik fikrlash, qaror qabul qilish va moliyaviy rejalashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi. «Biznes-kod» ishtirokchilar o‘rtasida jamoaviy ishlash va muloqotni rag‘batlantirishga yordam beradi.

 

Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘yinlarni ommalashtirish strategiyasi

O‘yinning UZCARD FORUM 2024 dagi taqdimoti bilan birga, o‘yinlarni iloji boricha ko‘proq kattalar va bolalarga yetkazish hamda tanishtirish strategiyasi ham e’lon qilindi. Yaqin kelajakda UZCARD quyidagi tashabbuslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda:

  • Ta’lim muassasalarida o‘yinlarni tarqatish: o‘yinlar maktablar va oliy o‘quv yurtlariga yetkaziladi
  • UZCARD Kids kanallari orqali sovrinli o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarda faol targ‘ibot olib borish.
  • Tashrif buyuruvchilarni tanishtirish va joylarda o‘yinlar o‘tkazish uchun qahvaxonalarda o‘yinlarni joylashtirish.
  • UZCARD tomonidan bolalar uchun tashkil etiladigan tadbirlarda o‘yinlardan foydalanish.
  • Shuningdek, 11-sinf o‘quvchilari va talabalar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish, hamda ta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘qituvchilar va faollarni tayyorlash tashkil etiladi.

«Biz kelajak avlodga sarmoya kiritishga intilamiz va yoshlar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish nafaqat alohida oilalarga, balki butun mamlakatga foyda keltirishiga ishonamiz. Zamonaviy dunyoda bolalarni moliya va tadbirkorlik asoslariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. «Biznes Kod» o‘yini bu jarayonni qiziqarli qiladi, o‘smirlarga biznesni boshqarish, qaror qabul qilish va ijodiy fikrlashning asosiy ko‘nikmalarini egallashga yordam beradi. Bizning o‘yinimiz nafaqat ko‘ngil ochadi, balki bolalarni kelajakdagi muammolarga tayyorlaydi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shadi,» – dedi UZCARDning xodimlar, jamoatchilik bilan aloqalar va korporativ ijtimoiy mas’uliyat bo‘yicha direktori Hilola Sulaymonova.

Ta’kidlash joizki, ushbu dastur yosh avlodda moliyaviy ta’lim va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, pirovard natijada O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

O‘yinlar yoshlar va bolalarga moliyaning qanday ishlashini va qanday qilib oqilona moliyaviy qarorlar qabul qilish mumkinligini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.