UZCARDdan «Kartani uygʻoting» aksiyasining birinchi bosqich gʻoliblari aniqlandi

Aksiyaning birinchi bosqich uchun sovrinli oʻyin 2024-yilning 5-iyulida boʻlib oʻtdi.

Tomoshabinlar jarayonni UZCARDning Instagramdagi sahifasida  yoki kampaniyaning rasmiy veb-saytida jonli efirda tomosha qilishlari mumkin boʻldi. Efir yozib olingan va tomosha qilish uchun YouTube tarmogʻiga yuklangan. Komissiya a’zolari raqamlarni barabandan tanlab, gʻoliblarning ID-raqamlarini aniqladilar.

Birinchi bosqichda 15 million soʻm miqdorida 3 ta sertifikat va 50 million soʻm miqdoridagi 1 ta sertifikat oʻynaldi.

Birinchi oʻyin natijalariga koʻra, sovrinlar quyidagicha taqsimlandi:

  1. ID-kod: 31754246, karta raqami: 8600 ХXXX ХXX 5981 – 15 million soʻm;
  2. ID-kod: 55277097, karta raqami: 5614 ХXXX ХXX 6031 – 15 million soʻm;
  3. ID-kod: 84577924, karta raqami: 8600 ХXXX ХXX 6788 – 15 million soʻm.

Sinchiklab oʻtkazilgan tekshiruvdan soʻng birinchi bosqich gʻolibi, 50 million soʻm miqdoridagi sertifikat egasi aksiya qoidalarining 5.5 bandini buzganligi uchun aksiyadan chetlashtirildi. Ushbu sertifikat ikkinchi bosqichda qayta oʻynaladi.

UZCARD aksiya boʻyicha sovrinlardan olinadigan barcha soliqlarni oʻz zimmasiga oladi. Yana bir bor gʻoliblarni tabriklaymiz!

Kompaniya vakillari yaqin kunlarda gʻoliblar bilan bogʻlanishadi.

Sovrinli oʻyinning ikkinchi bosqichi kelasi oyning boshida boʻlib oʻtadi. Ungacha ishtirokchilarda hali ham gʻalaba qozonish uchun koʻproq imkoniyat toʻplashga fursat bor.

Aksiyaning sayti: promo.uzcard.uz

Aksiyaning Telegram-boti: UZCARD_promo_bot

Qoʻngʻiroq markazi: +998 (71) 200 28 28 / 1257.