Hurmatli UZCARD kartalari egalari!
2025-yil 1-avgustdan boshlab “Telegram-bot orqali SMS-xabarnoma” (CardXabar) xizmati bo‘yicha yangilangan shartlar kuchga kiradi. O‘zgarishlar tarif paketlari tuzilmasiga tegishli: amaldagi beshta tarif rejasiga kengaytirilgan ehtiyojlarga ega foydalanuvchilar uchun yangi — ULTRA tarifi qo‘shildi.
Amaldagi tariflar tuzilmasi:
Paket | Oyiga xabarnomalar soni | Narxi (so‘mda) |
START | 250 tagacha | 5 000 |
SILVER | 251–500 | 15 000 |
GOLD | 501–2000 | 30 000 |
PLATINUM | 2001–10 000 | 100 000 |
ULTRA | 10 001–20 000 | 250 000 |
INFINITE | 20 001 tadan boshlab | 500 000 |
Joriy paket limiti oshib ketgan taqdirda, tizim avtomatik tarzda sizni keyingi tarif darajasiga o‘tkazadi va farq narxi hisoblanadi. Har oyning boshida barcha foydalanuvchilar uchun START paketi qayta faollashadi.
Obunani ulash va boshqarish Telegram-bot orqali amalga oshiriladi: @CardXabarBot