UZCARD 2025-yil oxirigacha transportda naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirishda davom etadi

2025-yil 1-iyundan boshlab “Manzillar yaqinroq” aksiyasi O‘zbekistonning 17 shahrida – yangilangan shartlarda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Endilikda yo‘l haqini UZCARD kartalari yoki Uzcard Pay ilovasi orqali to‘layotgan yo‘lovchilar 500 so‘m chegirmaga ega bo‘ladilar.

Aksiya 2025-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi.

Joriy yilning fevral oyidan may oyigacha taklifdan 8 million martadan ortiq foydalanilgan – bu foydalanuvchilarning naqd pulsiz formatga o‘tishga yuqori qiziqishi va tayyorligini ko‘rsatdi. Endilikda UZCARD transportda raqamli to‘lovlar odatini mustahkamlash maqsadida aksiyani barqaror rejimga o‘tkazmoqda.

1 iyundan boshlab aksiya mamlakatning 17 shahrida amalda. Navoiy shahri quyidagi shaharlar qatoriga qo‘shildi — Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Qarshi, Termiz, Urganch, Xiva, Nukus, Qo‘qon, Yangiyo‘l, Zarafshon, Guliston, Angren, Jizzax, Andijon.

To‘lov paytida chegirma avtomatik ravishda, quyidagi kartalardan to‘lov qilinganida qo‘llaniladi:

— ATTO validatorlari orqali jismoniy UZCARD kartalaridan (5614, 6262, 5440);

— Uzcard Pay ilovasida virtual UZCARD kartalaridan;

— Uzcard Payga ulangan 8600 kartlardan.

“Manzillar yaqinroq” aksiyasining amal qilish muddati uzaytirilishi UZCARDning naqd pulsiz infratuzilmani raqamlashtirish yo‘lidagi har bir qadam bevosita ijtimoiy samaraga ega bo‘lgan mamlakat hududlarida rivojlantirish strategiyasining bir qismidir.

Transportda naqd pulsiz to‘lov nafaqat qulay, balki manfaatlidir. Bugungi kunda, raqamli infratuzilma allaqachon ishlayotgan, chegirmalar esa saqlanib qolayotgan paytda, har kuni tezroq, xavfsizroq va foydaliroq to‘lovni amalga oshirish uchun bank bilan bog‘lanib, kartani qo‘lga kiritish vaqti keldi.