MChJ «YUPM» 2024-yil uchun keytering xizmatini yetkazib beruvchiga tanlov e’lon qiladi

Tenderning oʻtkazilish bosqichlari:

• Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va xarid qilish hujjatlari doirasida tanlov ishtirokchisiga taqdim etiladi – 13/03/2024-yilgacha.

• Potentsial yetkazib beruvchi hujjat paketini tayyorlaydi va buyurtmachiga joʻnatadi. Hujjatlar paketini topshirish muddati 20/03/2024-yil soat 17:00 gacha. 

• Buyurtmachi ekspertlar bilan birgalikda, 27/03/2024-yilga qadar qabul qilingan takliflarni Texnik talablar va Texnik vazifalarga mosligiga texnik baho beradi.

• Buyurtmachi Ishtirokchilarga oxirgi narxlar soʻrovini yuboradi va Ishtirokchi 28/03/2024-yildan kechiktirmay oʻzining oxirgi narx taklifini yuboradi.

• Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 11/04/2024-yilgacha.

Tijoriy takliflar 2024-yil 20-mart soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi va quyidagi majburiy hujjatlar toʻplamini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim:

– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari roʻyxati;

– Texnik talablarning (mezonlarning) toʻldirilgan jadvali;

– talab qilinayotgan TT boʻyicha rasmiylashtirilgan tijoriy taklif;

– shartnomaning asosiy talablari bilan toʻldirilgan SHAT fayli.

Ishtirokchilar, barcha toʻldiruv formalarini oʻz ichiga olgan sotib olish hujjatlarini quyidagi havola boʻyicha yuklab olishlari mumkin.