Dekabr oyida milliy to‘lov tizimi UZCARD “Omad mavsumi” aksiyasining birinchi mavsumi bo‘yicha bosh sovrin — BYD Yuan Up avtomobilini Namangan viloyati, Kosonsoy shahridan bo‘lgan g‘olibga taqdim etdi. G‘olib birinchi bosqich yakuniy o‘yin natijalariga ko‘ra aniqlangan bo‘lib, shundan so‘ng avtomobil bevosita g‘olib istiqomat qiladigan manzilga yetkazildi va o‘sha yerning o‘zida tantanali topshirish marosimi tashkil etildi.
“Omad mavsumi” aksiyasi mamlakatning turli hududlaridan ishtirokchilarni birlashtirdi hamda naqd pulsiz va onlayn to‘lovlardan faol foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan UZCARD’ning yirik loyihalaridan biriga aylandi. Avtomobildan tashqari, birinchi mavsum doirasida ishtirokchilar yirik pul mukofotlari hamda ommabop turistik yo‘nalishlarga sayohatlarni ham yutib oldilar.
Loyiha davom ettirildi: “Omad mavsumi” aksiyasining ikkinchi mavsumi hozirda qizg‘in davom etmoqda va yaqin vaqt ichida ikkinchi bosqich yakunlanadi. Ikkinchi mavsum 2025-yil 1-noyabrdan 2026-yil 31-yanvargacha o‘tkazilib, uchta bosqich va yakuniy o‘yindan iborat. Har bir bosqich yakunlariga ko‘ra 25 mln va 100 mln so‘m miqdoridagi pul mukofotlari o‘ynaladi, yakuniy o‘yinda esa bosh sovrinlar — 50 mln va 200 mln so‘m miqdoridagi pul mukofotlari egalari aniqlanadi.
Ikkinchi mavsum qoidalariga muvofiq, 50 000 so‘mdan boshlangan har bir onlayn to‘lov ishtirokchiga g‘alaba qozonish imkoniyatlarini taqdim etadi: kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar — 3 ta imkoniyat, UZCARD kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar (P2P) — 2 ta imkoniyat, tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar, shuningdek Tez QR orqali xaridlar — 1 tadan imkoniyat beradi. Ishtirokchilar qancha ko‘p onlayn to‘lovlarni amalga oshirsalar, ularning g‘alaba qozonish imkoniyatlari shuncha yuqori bo‘ladi. Jamg‘arilgan imkoniyatlar sonini @UZCARD_promo_bot Telegram-boti orqali tekshirish mumkin.
Ikkinchi mavsumning yakuniy natijalari hal qiluvchi yakuniy o‘yin doirasida e’lon qilinadi.
Aksiyaning batafsil shartlari, sovrinlarni olish tartibi hamda zarur hujjatlar ro‘yxati quyidagi saytda mavjud: promo.uzcard.uz