UZCARD infratuzilmasida ATM va kobeydjing kartalar bo‘yicha profilaktik ishlar yakunlandi

«Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ 2026-yil 8-yanvar kuni soat 12:24 dan 12:54 gacha o‘tkazilgan rejadan tashqari profilaktik ishlar yakunlanganini ma’lum qiladi.

UZCARD infratuzilmasiga ulangan bankomatlar (ATM) faoliyati, shuningdek xorijda kobeydjing kartalar ishlashi to‘liq tiklandi va hozirda odatiy rejimda ishlamoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.